Category Archives: Jamoa va o’qituvchilarga

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi

Andijon viloyat Xalq ta’limi bo’limi

Oltinko’l tumanidagi

28-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Tarix fani o’qituvchisi

USMONOVA ZAMIRAXON ning

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan

TADBIR SENARIYSI

 

1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,

                        Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.

                        Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,

                        Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!

                        Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!

 

2-boshlovchi:  Yangi davrv keldi, o’zgardi zamon,

                        Zamon zayli bilan o’zgardi inson.

                        O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,

                        O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!

 

 

1-o’quvchi: — 1990-yil iyun O’zbekistonda Mustaqillik Deklaratsiyasi e’lon qilindi. Bu

mustaqillik uchun ilk qadamlardan bo’ldi.

 

 

2-o’quvchi:  1991-yil 31-avgust O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qildi.

 

Mustaqillik kuni muborak bo’lsin.

Toabad istiqlol oftobi kulsin.

Mustaqillik berdi bizga saodat,

Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat.

 

3-o’quvchi:  1992-yil 2-mart  O’zbekiston Respublikasi BMT a’zoligiga qabul qilindi.

 

Sen ham endi tenglar ichida tengsan,

Bag’ri butun yurtsan va bag’ri kengsan.

Sendek xalqimning ham bag’ri butundir,

Dunyo binosida bitta ustundir.

Millatlar uyida barcha qatori

Uning xos o’rni bor- qatorda nori

 

4-o’quvchi:  Yaxshilar tufayli ozod diyorim,

Ozodlik tufayli obod diyorim,

Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.

Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.

Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.

Ulusning oriyu nomusidir u .

Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.

U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.

Mustaqillik bergan oily baxtdir bu,

O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.

Konstitutsiyamiz nodir chinakam

U biz uchun eng oily hakam!

 

Vatan haqida qo’shiq yangraydi:

 

5-o’quvchi:  1-modda: O’zbekiston suveren demokratik Respublika. Davlatning O’zbekiston

Respublikasi va O’zbekiston degan nomlari bir xil ma’noni bildiradi.

 

Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,

Jahonni qaratdi O’zbekistonga.

Temurning ruhiga qilib qasamyod,

Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod,

Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,

Dilida xalqiga chuqur ehtirom

Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,

Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.

 

6-o’quvchi:     Marifat bo’stoni ezgu dostoni,

Dostligu tinchlikning metin qo’rg’oni,

Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim.

Ey obod diyorim O’zbekistonim!

 

O’quvchilar tomonidan raqs ijro etiladi.

 

7-o’quvchi:  3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy

tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlarining tizimini

belgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonning

davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir.

 

Dunyo xaritasin bezab shersimon,

Qulochini yoydi hur O’zbekiston.

Xaritaga soling diqat nazarin,

Ko’ring, xavas qiling yurtim manzarin.

U qaddin roslagan sherga oxshaydi.

Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.

Istibdod zanjirin uzib batamom,

O’zligin olamga etdi namoyon.

Ozod nafas oldi bu jaho aro,

Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.

 

8-o’quvchi:  4-modda:  O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.

 

9-o’quvchi:  5-modda:  O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari-

bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

 

Olam ahli bilan qilib barobar,

Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.

Chiqardi millatlar uyin to’riga,

Umir qo’shdi O’zbekiston umriga.

Mulki jahon bayroqlari qatori,

Shula sochdi bayrog’imiz sharori.

Olam aro madhiyamiz yangradi,

Eshitganki, kishi joni yayradi.

Mustaqillik bergan oily baxtdir bu,

O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!

 

10-o’quvchi:  6-modda:  O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.

 

Ey ko’xna diyorim, ona Toshkentim,

Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim!

Binkentu, Banokat, ko’zi yosh kentim,

Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim!

 

11-o’quvchi:  7-modda:  Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.

Adolatning qo’yib tamal toshini,

Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.

U tinim bilmasdan ishladi shoyon.

Konstitutsiyaga fido qildi jon.

Birnchi o’ringa qo’yib insonni,

Inson sharafiga baxsh etdi jonni.

Qonunlar insonga qilmasa xizmat,

Qonunlar insonni etmasa izzat.

Qonun emas, dedi undayin qonun,

Qonunda Insondir zori Humoyun.

Davlatning sharafi, shoni insondir,

Tanasi, yuragi, joni insondir.

 

 

12-o’quvchi:  31-modda:  Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan

diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi

huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l

qo’yilmaydi.

 

Tiklandi iftihor va milliy g’uru,

Endi o’zbekman deb ayturmiz mag’rur.

Tiklandi an’ana, urf-odatimia,

Tiklandi qadriyat tarix va moziy,

E’tiqod, din-iymon, ilimi ilohiy.

 

 

13-o’quvchi:   41-modda:  Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat

tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

 

Ilmliy kishini qadrlar zamon.

Ne zamon qadrlar jumlayi jahon,

Ilm bilan bezar umrini basher.

Ilm-katta boylik, ilm-siymu zar,

Ilm bilan bezar umrini basher

Umti oqibatda topgaydir qadr,

Ilmdan yaratdi eng oily qasr.

 

14-o’quvchi:   2004-yil 22-may O’zbekiston respublikasi Prezidentining “2004-2009-yillarda

maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi farmoni

e’lon qilindi.

 

15-o’quvchi:  Aqlga tayangan Qomusimiz bor,

Aql Adolatni etur ustuvor.

Adolatli jamiyatga berganda baxo

Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!

Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,

Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,

Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,

Bizni chorlamoqda haq ahillikka.

 

O’quvchilar tomonidan Vatan haqida qo’shiq yangraydi.  

“Tarix va huquq fanlari oyligi” “Siz qonunni bilasizmi?”

Andijon viloyati XTBga qarashli
Oltinko’l tumanidagi 28-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida
2016-2017-o’quv yili
“Tarix va huquq fanlari oyligi” da maktab-internatning IX sinflari o’rtasida
“Siz qonunni bilasizmi?” mavzusidagi musobaqa haqida

Ma’lumotlar jamlanmasi

 

Andijon viloyati XTBga qarashli Oltinko’l tumanidagi 28-Davlat ihtisoslashtirilgan maktab-internatida 2016-2017-o’quv yili “Tarix va huquqshunoslik fanlari oyligi”da maktab-internatning IX sinflari o’rtasida huquqshunoslik fanidan tashkil etilgan
“Siz qonunni bilasizmi?” musobaqasi
SH A R T L A R I

1. Tabrik (Bunda ishtirokchilar guruhini tanishtiradilar va huquqqa oid
ta’riflar aytadilar. Vaqt reglamenti – 10 daqiqa) – 5 ball

2. Savol-javob (Bunda jamoalarga hakamlar tomonidan 5 tadan savol beriladi,
o’ylash uchun 1 daqiqa) – 5 ball.

3. Saxna ko’rinishi ( Bunda jamoalar huquqshunoslikka oid saxna ko’rinishi
namoish etadilar. Vaqt reglamenti – 10 daqiqa ) – 5 ball.

4. Sardorlar baxsi ( Bunda ishtirokchi jamoalar sardorlariga hakamlar
tomonidan 3 tadan savol beriladi, o’ylash uchun vaqt berilmaydi ) – 5 ball.

5. Uy vazifasi ( Bunda ishtirokchi jamoalar oldindan devoriy gazeta, ko’krak
nishoni va huquqqa oid al’bom tayyorlaydilar ) – 5 ball.
Musobaqa 2017-yil 25-yanvar kuni soat 14.30 da bo’lib o’tdi.

Andijon viloyati XTBga qarashli Oltinko’l tumanidagi 28-Davlat ihtisoslashtirilgan maktab-internatida 2016-2017-o’quv yili “Tarix va huquqshunoslik fanlari oyligi”da maktab-internatning
IX sinflari o’rtasida huquqshunoslik fanidan tashkil etilgan “Siz qonunni bilasizmi?”
musobaqasi II shart (savol-javob) uchun savollar
I. Huquqshunoslik fanidan savollar(I guruh uchun)

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi haqida ma’lumot bering.
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qanday tuzilgan?
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplaridan “Xalq hokimiyatchiligi “
prinsipiga izoh bering.
4. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklarini sanab bering.
5. O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi hokimiyati haqida ma’lumot bering.

II. Huquqshunoslik fanidan savollar(II guruh uchun)

1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqining manbalarinin sanab bering.
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish omillarining aytib bering.
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplaridan “Tashqi siyosat “
prinsipiga izoh bering.
4. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining siyosiy huquqlarini sanab bering.
5. O’zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyati haqida ma’lumot bering.

III. Huquqshunoslik fanidan savollar(III guruh uchun)

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’lon qilingan umuminsoniy qadriyatlarni
sanab bering.
2. “O’zbekiston Respublikasi – suveren davlat “ atamasiga izoh bering.
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplaridan “Konstitutsiya va
qonunning ustunligi “ prinsipiga izoh bering.
4. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini sanab bering.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti haqida ma’lumot bering.

Andijon viloyati XTBga qarashli Oltinko’l tumanidagi 28-Davlat ihtisoslashtirilgan
maktab-internatida 2016-2017-o’quv yili “Tarix va huquqshunoslik fanlari oyligi”da
maktab-internatning IX sinflari o’rtasida huquqshunoslik fanidan tashkil etilgan
“Siz qonunni bilasizmi?” musobaqasi IV shart (Sardorlar baxsi) uchun savollar
Huquqshunoslik fanidan savollar( Sardorlar baxsi uchun)

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yaratish bo’yicha Konstitutsiyaviy komissiya
qachon tuzilgan?
2. Ozbekiston Respublikasining “Mustaqillik Deklaratsiyasi” qachon qabul qilingan?
3. Ozbekiston Respublikasining milliy valyutasi “so’m” qachondan muomalaga kiritilgan?
4. “Demokratiya” atamasiga izoh bering.
5. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi haqida ma’lumot bering.
6. O’zbekiston Respublikasida nechta siyosiy partiya faoliyat ko’rsatadi? Ularni sanab bering.
7. “Jamoat birlashmasi” atamasiga izoh bering.
8. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy burchlarini sanab bering.
9. Respublikamizda inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha qanday institutlar tashkil etilgan.

Andijon viloyati XTBga qarashli Oltinko’l tumanidagi 28-Davlat ihtisoslashtirilgan
maktab-internatida 2016-2017-o’quv yili “Tarix va huquqshunoslik fanlari oyligi”da
maktab-internatning IX sinflari o’rtasida huquqshunoslik fanidan tashkil etilgan
“Siz qonunni bilasizmi?” musobaqasi V shart (Uy vazifasi) uchun o’quvchilar ijodidan
lavhalar

Ko’krak nishoni

20170206_152005_cr

 

 

 

 

 

 

 

 

Devoriy gazeta

20170206_151819

 

 

 

 

 

flag
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG’I

O’ZBEKISTON RESPUBLiKASI OLIY KENGASHIN1NG NAVBATDAN TASHQARI O’TKAZILGAN VII SESSIYASIDA1991-YJL 18 NOYABR KUN! TASDIQLANGAN. DAVLAT BAYROG’I VA UNING RASMI BUGUNGI O’ZBEKISTON SARHADIDA QADIMDA MAVJUD BO’LGAN DAVLATLAR BILAN TARIXAN BOG’LIQLIGINI ANGLATADI HAMDA RESPUBLIKANING MILLIY-MADANIY AN’ANALARINI O’ZIDA MUJASSAMLASHTIRADI.
1. BAYROQDAGI MOVIY RANG — TIRIKLIK MAZMUNl AKS ETGAN MANGU OSMON VA OBIHAYOT RAMZIDIR. TIMSOLLAR TiLIDA BU YAXSHILIKNI, DONISHMANDLIKNI, HALOLLIKNI, SHON-SHUHRAT VA SADOQATNI BILDIRADI. BINOBARIN, AMIR TEMUR DAVLATI BAYROG’INING RANG! HAM MOVIY RANGDA EDI.
2. BAYROQDAGI OQ RANG — MUQADDAS TINCHUK RAMZI BO’LIB, U KUN CHAROG’ON- LIGI VA KOINOT YORITQICHLARI BILAN UYG’UNLASHIB KETADI. OQ RANG POKLIK, BEG’UBORLIK, SOFLIK, ORZU VA XAYOLLAR TOZALIGI, ICHKI GO’ZALIKKA INTILISHNING TIMSOLIDIR.
3. YASHIL RANG -TABIATNING YANGILANISH RAMZI. U KO’PGINA XALQLARDA NAVQIRONLIK, UMID VA SHODUMONLIK TIMSOLI HISOBLANADI.
4. QIZIL CHIZIQLAR — BU HAR BIR TIRIK JON TOMIRIDA URIB TURGAN HAYOTIY KUCH, VUJUDIMIZDA JO*SHIB OQAYOTGAN HAYOTIY QUDRAT1RMOQLARID1R,
5. YARIM OY TASVIRI BEZNING TARIXIY AN’ANALARIMIZ BILAN BOG’LIQ. AYNI PAYTDA BU QO’LGA KIRITILGAN MUSTAQILLIGIMIZ RAMZID1R.
6. YULDUZLAR BARCHA XALQLAR UCHUN ILOHIY TIMSOL SANALGAN. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG4DAG112 ТА YULDUZ TASVIRI HAM TARIXIY AN’ANALAR¬IMIZ, QADIMGIQUYOSH YILNOMAMIZGA BEVOSITA ALOQADORDIR. BIZNING O’N IKKI YULDUZGA BO’LGAN E’TIBORIMIZ O’ZBEKISTON SARHADIDAGI QADIMGI DAVLATLAR ILMIY TAFAKKURIDA “NUJUM ILMI” — ASTROLOGIYAILMI TARAQQIY ETGANLIGI BILAN HAM IZOHLANADI. DAVLAT BAYROG’IMIZDAGI O’N IKKI YULDUZ TASVIRINI O’ZBEK XALQI MADANIYATIQADIMIYLIGI, UNING KOM1LLIKKA, O’Z TUPROG’IDA SAODATGAINTILISHI RAMZI SIFATIDA TUSHUNISH LOZIM.

gerbb

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT GERBI
0;zbekiston Respublikasining Davlat gerbi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 1992 yil 3 iyul kuni tasdiqlandi.
0‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o‘ng tomonda bug‘doy boshoqlari, sol tomonida ochilgan paxta ehanoqlari surati tushirilgan chambardan iboratdir. Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarimoy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir. Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoiylik timsoli bolgan afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yoiidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Gerbning pastki qismidagi respublika Davlat bayrogini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga “0‘zbekiston” so‘zi bitilgan.
“Gerb” so’zining tarixi haqida qisqacha ma’lumot:
“Gerb” so‘zi nemischa “erbo” so‘zidan olingan bolib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho’zilgan ulkan sarhadda hukm surgan qadimgi turk xoni 0;g‘uzxon davrida ham turkcha “tamg^a” so‘zi aynan shu ma’noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashididdin Hamadoniy “Tanlangan tarixlar” nornli kitobida shahodat berishicha, 0‘g‘uzxon o‘z mol-mulkini o‘g‘illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bolib, in’om etgan. Ushbu davlatlar hukmdorlari ham o‘zlarining xonlik tamg‘alariga ega edi. Ko‘rinib turibdiki, “tamg‘a” so‘zining ma’nosi nemischa “erbo” so’zining ma’nosiga to’la mosfkeladi.
14153520005711
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KANSTITUTSIYASI
Konistitutsiya- davlatning asasiy qonuni bolib, konstitutsiyaviy tuzum, davlat va jamiyat qurilishi asoslarini belgilab beradi; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati orginlari tashkilashtirilishini tartibga solib turadi; saylov tizimini belgilaydi; fuqaroiarning xoqoq va erkinliklarini, davlat ramzlarini mustaxkamlab qo’yadi; Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish tartibini belgilaydi.
1992- yilgi Konstitutsiya hsusiy mulk va bozor iqtisodiyotiga asoslangan yangi ishtimoiy- siyosiy tizim poydevorini qurib berdi. Hsusiy mulk davlat mulki qatorida davlat muxofazasidadir.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TUZILISHI
MUQADDIMA
I Bo’lim. Asosiy prinsiplar.
1- bob. Davlat suvereniteti. (1-6-moddalar)
2- bob. Xalq hokimiyatchiligi. (7-14-maddalar)
3- bob. Kanistitutsiya va Qonunning ustunligi. (15-16-moddalar)
4- bob. Tashqi siyosat. (17-modda)
II Bo’lim. Inson va fuqaroiarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burjlari.
5- bob. Umumiy qoidalar-(18-20-moddalar)
6- bob. Fuqarolik. (21-23-moddalar)
7- bob. Shaxsiy huquq va erkinlikiar. (24-31-moddalar)
8- bob. Siyosiy huquqlar. (32-35-moddalar)
9- bob. Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar. (Зб-41-moddalar)
10- bob. Inson huquqlari va erkinliklarinig kafolatlari. (43-46-moddalar)
11- bob. Fuqarolarning burjlari. (47-52-moddalar)
III Bo’lim. Jamiyat va shaxs.
12- bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari. (53-55-moddalar)
13- bob. Jamoa birlashmalari. (56-62-moddalar)
14- bob. Oila. (63-66-moddalar)
15- bob. Ommaviy axborot vasitalari. (67- modda)
IV Bo’lim. Ma’muriy hududiy va davlat tuzilishi.
16- bob. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy tuzilishi. (68-69- moddalar)
17- bob. Qoraqalpog’iston Respublikasi. (70-75-moddalar)
V Bolim. Daviat hokimiyating tashkii etilishi.
18- bob. O’zbekiston Respublikasi oily majlisi. (76-88-moddalar)
19- bob. O’zbekiston Respublikasi prizidenti. (89-97-moddalar)
20- bob. Vazirlar mahkamasi. (98-modda)
21- bob. Mahaliy davlat hokimiyati asoslari. (99-105-moddalar)
22- bob. O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati. (106-116-moddalar)
23- bob. Saylov tizimi. (170-modda)
24- bob. Prokuratura. (il8-121-moddalar)
25- bob. Moliya va kredit. (122-124-moddalar)
26- bob. Mudofaa va havfsizlik. (125-126-moddalar)
VI Bo’lim. Kanistitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi
(127-128-moddalar)
Andijon viloyati XTBga qarashli Oltinko’l tumanidagi 28-Davlat ihtisoslashtirilgan maktab-internatida 2016-2017-o’quv yili “Tarix va huquqshunoslik fanlari oyligi”da maktab-internatning
IX sinflari o’rtasida huquqshunoslik fanidan tashkil etilgan «Siz qonunni bilasizmi?” musobaqasi
A X B O R O T I
Andijon viloyati XTBga qarashli Oltinko’l tumanidagi 28-Davlat ihtisoslashtirilgan maktab-internatida 2016-2017-o’quv yilining yanvar oyi “Tarix va huquqshunoslik fanlari oyligi”da maktab-internatning IX sinflari o’rtasida huquqshunoslik fanidan “Siz qonunni bilasizmi?” musobaqasi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada maktab-internatning IX-“A” sinfining “Qalqon” guruhi, IX-“B” sinfining “Adolat sotsial demokratik partiyasi” guruhi, IX-“D” sinfining “Adolat” guruhi ishtirok etdi. Musobaqa oldindan e’lon qilingan maxsus shartlar asosida tashkil etildi (Musobaqa shartlari ilova qilinadi).
Musobaqada guruhlar quyidagi natijalarga erishdilar:
№ Musobaqada qatnashgan sinf va guruhlar nomi Musobaqa shartlari mazmuni Jami ball O’rni
1-shart Tabrik(5ball) 2-shart
Savol-javob(5ball) 3-shart Saxna ko’rinishi (5ball) 4-shart Sardorlar baxsi (5ball) 5-shart
Uy vazifasi
(devoriy gazeta, ko’krak nishoni, al’bom (5ball)
1 IX-“A” sinf – “Qalqon” 3 18 5 5 13 44 I
2 IX-“B” sinf – “Adolat sotsial demokratik partiyasi” 4 14 5 5 12 40 II
3 IX-“D” sinf – “Adolat” 5 13 4 5 10 37 III

Musobaqada barcha sinf guruhlari hamma shartlarda faollik bilan ishtirok etdilar. Jumladan, musobaqaning tabrik qism shartida barch guruhlar juda chiroyli hamda mazmunli tabriklar aytdilar. Musobaqaning savol-javob shartida hakamlar tomonidan oldindan tayyorlangan huquqshunoslikka oid savollarga guruh qatnashchilar tirishqoqlik bilan javob berdilar va o’z hisoblariga ballarni qo’shdilar. Saxna ko’rinishi shartida ham guruhlar huquqshunoslikka oid vaziyatlar aks ettirilgan lavhalar namoish etildi. Musobaqaning shartlaridan biri sardorlar baxsi deb nomlanib bu shart ham faollik bilan amalga oshirildi. Shu bilan birga musobaqaning uy vazifasi shartida guruhlar tomonidan tayyorlab kelingan devoriy gazeta, ko’krak nishoni va huquqshunoslikka oid al’bomlar o’ziga xos tarzda chiroyli va mazmunli tayyorlanganligi hakamlar tomonidan alohida ta’kidlandi va guruhlarga kerakli ballar berildi.
Musobaqa tinch-osoyishta ,mazmunli hamda samarali bo’ldi. Hammada keng taassurot qoldirdi.

Maktb-internat huquqshunoslik
fani o’qituvchisi: D. Ergashev

20170125_145546 20170125_145647 20170125_145746 20170125_145806

 

МАТЕМАТИКА ЎҚИТИШДА ИННОВАЦИОН ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАР ҚЎЛЛАШ УСУЛЛАРИ

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniyning

hayoti va ijodiga bag`ishlangan matematik kechaning bayonnomasi

 

Assalom, davrimizning eng aziz ustozlari,

Assalom, ilmu fanning sohibi davronlari!

1-boshlovchi    Assalom, ey aziz do`stlar, hamfikrlar assalom,

Assalom, dil to`ridan, qalb qo`ridan assalom!

 

Zamonlarning zamonida rivojlangan, yetilgan,

Bobolarning merosidan bizga taqdim etilgan,

2-boshlovchi   Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ulug`beklar boyitgan,

Shu ajoyib fan bizga olam sirin tanitgan.

 

Eslatay bobolarning durdona so`zin,

Hisob-kitob ochmish aqlning ko`zin.

1-boshlovchi   “Matematika-fanlarning podshohidir”

Har ish sohasida ko`rsatar o`zin.

 

Bobomiz Beruniyga bag`ishlangan kechamiz,

Ko`p bebaho asarlarin ma`nosini yechamiz.

2-boshlovchi   Ruxsat bering boshlamoqqa matematik kechamiz,

Turli-tuman savol bilan barchani o`ylatamiz.

 

1-boshlovchi   Assalomu alaykum, aziz ustozlar va qadrdon talabalar!

Biz sizga matematika, fizika, astranomiya, etnografiya, ma`danshunoslik, tilshunoslik, tarixshunos va falsafa fanlarining buyuk allomasi Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag`ishlab tayyorlagan kichik bir matematik kechamizni havola etamiz!

 

 

 

 

 

2-boshlovchi                  Tarihingdir ming asrlar

Ichra pinhon o`zbegim,

Senga tengdosh Pomiru

Oqsoch Tiyonshon o`zbegim.

So`ylasin Afrosiyobu

So`ylasin O`rxun xati,

Ko`hna tarix shodasida

Bitta marjon o`zbegim

Al-Beruniy, Al-Xorazmiy,

Al-Farob avlodidan,

Asli nasli balki O`zlik,

Balki Tarxon o`zbegim

 

O’rta asrda yashab ijod etgan sharqning mashhur olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy Xorazm vohasidagi qadimiy shahar-

lardan biri bo’lgan Kot shahrida 973-yilning 4-sentabrida dunyoga kela-

  1. Uning yoshlik davri O’rta Osiyoning markaziy shaharlaridan bo’lgan xozirgi Beruniy — qadimgi Kot shahriga o’tadi. Unda aniq fanlarga qizi-

qish va uning tarmoqlarini egallashga intilish bolalik chog’laridanoq ro’yobga chiqa boshlaydi.

Yosh Beruniydagi bunday iste’dotni sezgan o’sha davrning buyuk donishmand olimi­­­­­­­ – matematik va  astranom Abu Nasr ibn Mansur Iroq uni o’z tarbiyasiga oladi va uni o’z o’g’lim deb ataydi,chunki Beruniyning ota-onasi erta o’lib ketgan bo’lib, u yetimlik mashaqqatlari-

ni chekayotgan bir davr edi.

Beruniy yoshligidanoq mehnatsevar bo’lib, ko’p vaqtini turli kuza-

tishlar  bilan o’tkazardi. U 995-996-yillarda astranomik asbob devor kvadrantini yasaydi. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shug’ullandi, Kot shahrida diametri 49 sm chamasida bo’lgan Ziro-

qadimgi o’lchov birligi bo’lgan astranomik asbob bilan Quyoshning eng tik holatdagi ko’rinishini o’lchaydi va 994-995-yillarda dunyoda birinchi bo’lib Xorazmda globus yasaydi.

Abu Rayhon Beruniydan bizgacha yetib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, u 17 yoshida ijodiy ishlar bilan shug`ulanadi hamda o`sha zamonning olimlari mashxur tabib Abu Ali Ibn Sino, faylasuf Abu Sahr Ibn Masihiy, Abu Hasan Hammor, adib Abu Mansur As-Saolibiy va boshqa bir qancha olimlar bilan hamkorlik qiladi.

 

Abu Rayhon Beruniy o`zining eng katta birinchi “O`tmish yodgorliklari” asarini 998-1004 yillarda yozadi. Beruniy bu asarda Sharq mamlakatlari xalqlarining kalendarlari, fan va madaniyatlari haqida ko`p fikrlarni bayon etadi. Bu asari orqali uning shuhrati butun Sharqqa tarqaladi. Uning “O`tmish yodgorliklari” asarida kecha va kunduz to`g`risida kitobxonga aniq ma`lumot beradi. Quyoshning burjlar falagida bir marotaba aylanib chiqishida quyosh yili kalendari tuzilgan. Ana aylanish muddatida oy ham 12 yarim marta o`sha doirani aylanib chiqadi. 12 marta osmonda yangi oy paydo bo`ladi. Shu kuzatishlar asosida Qamariya oy kalendari vujudga keladi. Quyosh yili 365 kun bo`lib, 12 oyning har biri 30-31 kundan iborat bo`lib, ortib qo`lgan chorak kunlar 4 yilda bir marta 29 kunni hosil qilgan oy sanaladi. Bu yil Kabisa yili deb ataldi. Har bir oy o`zining alohida nomiga ega bo`lib, bu oylarning nomi va miqdori quyidagichadir.

  1. Yanayur – 31 kun (yanvar)
  2. Fabarayur – 28-29 kun (fevral)
  3. Marsa – 31 kun (mart)
  4. Abrar – 30 kun (aprel)
  5. Maya – 31 kun (may)
  6. Yuniya – 30 kun (iyun)
  7. Yuliya – 31 kun (iyul)
  8. Ag`ust – 31 kun (avgust)
  9. Satanbar – 30 kun (sentabr)
  10. Oktubar – 31 kun (oktabr)
  11. 11. Nuvanbar – 30 kun (noyabr)
  12. Dahimbar – 31 kun (dekabr)

Abu Rayhon Beruniy tuzgan bu quyosh yo`li kalendari hozirgi kunda ham o`z ahamyatini yo`qatmay kelmoqda.

1010-yili Xorazm Shohi Ma`mun Beruniyni Xorazmga chaqiradi va uni fan sohasida asosiy  maslahatchi qilib tayinlaydi. Beruniy Ma`mun  “Donishmandlik uyi”ning a`zosi bo`lib, u yerda 7 yil ilmiy ishlar olib bordi va o`zining “Xorazmning mashhur zotlari” asarini yozdi. “Geodeziya” asarini yozish uchun materiallar yig`ishni boshladi. 1012-yilda Beruniy G`aznaga keldi. U G`aznada 1018-yildan 1025-yilgacha  “Geodeziya” asarlarini yozib tugatdi. Olim bu kitobda  harakatsiz yulduzlar va quyosh orqali shaharlarni joylashgan kengliklarini aniqlash usulini  aniq va mukammal bayon qildi. Shu bilan birga Oy tutilishi va uni tutar joylari o`rinlarini aniqlashdagi  ahamyatini ham ko`rsatib berdi. Beruniy bu asarda Bog`dod, Rey, Jurjoniya, Buxoro, Sheroz, Balx va boshqa shaharlarning o`rnashgan joylari ular orasidagi masofa farqlarini maxsus jadvallarda ko`rsatib bergan.

Beruniy yaratgan “Geodeziya” asari geologiya, geografiya, geodeziya va yer haqidagi fanlar taraqqiyotiga qo`shilgan muhim hissadir.

Abu Rayhon Beruniy fan sohasidagi shon – shuhrati boshqa mamlakatlarga yoyila boshladi. Uni iste`dotli ajoyib olim sifatida taniy boshladilar. Bu buyuk olim o`zining yana bir nodir “Kitob at-tafhim” asarini 1029-yilda yozib, uni Xorazm go`zali Rayhonaga bag`ishlaydi. Uning ushbu asari savol-javob usulida yozilgan bo`lib, arifmetika, geometriya, astranomiya va geodeziya fanlariga doir bilimlar haqida ma`lumot beradi. “Kitob at-tafhim”asarida 533ta savol-javoblar bo`lib, shundan 119 donasi matematikadir:

  1. a) 1dan-37gacha savollar, planimetriyaga;
  2. b) 38dan-56gacha savollar, nisbatlar nazariyasiga;
  3. d) 57dan-71gacha savollar, stereometriyaga;
  4. e) 72dan-91gacha savollar, musiqa nazariyasiga;
  5. f) 92dan-108gacha savollar, arifmetikaga;
  6. g) 109dan-115gacha savollar, algebra va harflar bilan hisoblashga; qolgan savollar esa astranomiya, astrologiya va geodeziyaga bag`ishlangandir.

Beruniy o`zining “At-tafhim” asarini matematika va astranomiya sohasida darslik bo`lib qolish maqsadida yozgan edi. Haqiqatdan ham, mutahasis o`qish kitobi 3 asrdan ortiq Sharq mamlakatlariga amaliy darsliklarda biri bo`lib hizmat qilib kelgan edi.

“At-tafhim” so`zining lug`aviy ma`nosi  “tushuntirish” demakdir.

Biz yuqorida bu kitobni Xorazm go`zali Rayhonaga bag`ishlanadi, deb aytgan edik. Rayhona kim? Nima uchun unga Beruniydek buyuk olim o`z asarini bag`ishladi?

1029-yilning erta bahor oqshomi Beruniy ijod qilish bilan band. Ayvonga ohista kirib kelga uy hizmatchisi o`z xojasining mashg`ulotiga halal bermaslik maqsadida, Beruniy ishlab o`tirgan xontaxta ustiga bir qog`ozni qo`yib, tovush chiqarmay orqaga qaytib chiqib ketadi. Beruniy ijoddan to`xtagach qog`ozni olib, xatni o`qiy boshlaydi. Bu maktub Beruniyning ona tilisi Xorazmiy tilida yozilgan edi. Maktubni yozgan Rayhona ismli qiz bo`lib, u o`zining Xorazmlik ekanini otasining ismi Hasan-al Xorazmiy deb yozgan edi. Rayhona ilm zakovatli qiz bo`lib, Beruniyning barcha yozgan kitoblarini o`qiganini, bu ishda otasi yordam berganini, o`zi esa ko`proq astranomiyaga oid kitoblarga qiziqishini va astranomiya sohasida shug`ullanayotganini bildirib, o`zini qiynab qo`ygan bir necha savollariga javob berishini Beruniydan iltimos qilib yozilgan maktub edi.

Beruniy Rayhona yo`llagan ilmiy savollarga javoblar yozadi.  Bu savol-javoblar alohida bir kitobni tashkil etadi. Bu kitobning nomi qisqartirib “at-tafhim”(tushuntirish) deb ataladi. Beruniy bu yangi asarini Rayhona Hasan-al Xorazmiy qiziga bag`ishlagan edi.

Mahmud G`aznaviy Xorazmni bosib olgandan kegin poytaxt qilib G`azna shahrini belgiladi va Hindistonning shimoliy va g`arbiy hududini  o`z mamlakatiga qo`shib oladi. Mahmud o`zining Hindistonga qilgan harbiy yurishlariga saroy olimlarni ham olib borar edi. Shuning uchun Beruniy ko`p yillarini Hindistonda o`tkazdi. U hind xalqining madaniyati va fani, turmushi va adabiyotiga juda qiziqdi va uni o`rgandi. U qadimiy hind tili-sanskrit tilini o`rganib, hind olimlarini bir qancha asarlarini arab tiliga tarjima qiladi, hamda 1031-yilda “Hindiston” nomli kitobni yozib tugatdi. Bu kitobda hindlarning matematika va astranomiya fanlar sohasidagi ilmiy ishlar va fanlarning taraqqiyoti bayon etilgan. Hindistonning mashhur jamoat va davlat arbobi marhum Javaharlal Neru: “Beruniy yunon falsafasini bilib olib, hind falsafasi bilan tanishish uchun Sanskrit tilini o`rgandi. Beruniy hind va yunon falsafasini bir-biri bilan solishtirib, bulardagi umumiylikni ko`rib hayratda qoldi. Beruniyning kitoblari faqat ilmiy ma`lumotlar emas, balki urush, talon-taroj, ommaviy qirg`in bo`lishiga qaramay, fan ahllari o`z ishlarini davom ettirganligini ko`rsatib beradi. Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyati buzib turgan paytlarda ham Beruniy begona millat odami bo`la turib u o`lka kishilari ahvolini tushunishga harakat qiladi,” –deb yozgan edi.

Beruniy “Hindiston” asarini yozishi bilan faqat sharq mamlakatlariga emas, butun yer yuzidagi mamlakatlariga ham taniladi. Sharq va G`arb olimlari shu kitob orqali qadimiy o`lka-Hindistonning  fani va madaniyati bilan tanishdilar.

Podshoh Mahmud G`aznaviy 1030 yilda vafot etgan, ko`p o`tmay G`azna sulton Mas`ud ihtiyoriga o`tadi. Abu Rayhon Beruniy ham o`zining shoh asari “Qonuni Mas`udiyni” 1031-1037 yillarda yozib tugallab uni sulton Mas`udga taqdim etadi. Bu asar Beruniy yaratgan juda ko`p ilmiy asarlar ichida o`zining g`oyat mazmundorligi, keng ko`lamligi, ko`p ma`lumotlarni o`z ichiga olganligi bilan ajralib turadi.

“Qonuni Mas`udiy” asarini 11 ta ulkan bo`limda iborat bo`lib, bu bo`limlarni olim maqola deb ataydi. Har bir maqola shakl va mazmun jihatdan ayrim sohasiga oid alohida katta bir kitob kabidir.

 

1-maqolada    — olamdagi mavjudotlar,ularning umumiy shakillari to’g’risida hikoya qiladi.

2-maqolada — turli halqlarda ishlatiladigan eralar to’g’risida so’z boradi.

3-maqolada — trigonometriya haqida bayon etgan.

4- maqolada –yoylar va burchaklar miqdorlari haqida.

5- maqolada – geodeziyaga  bag’ishlangan.

6- maqolada – quyosh harakati haqida.

7- maqolada – oy harakati to’g’risida so’z boradi.

8- maqolada – quyosh va oy tutilishiga bag’ishlanadi.

9- maqolada – yulduzlar harakati va holati to’g’risida.

10- maqolada – Saturn, Ypiter, Mars, Zuxra va Merkuriy sayyoralarining harakati to’g’risida hikoya qiladi.

11- maqolada – osmon sferalarining diametriyasi,yoritgichlarning harakatlari, ularning o’rnashgan joyi, bir-birlariga nisbatan qiladigan harakatlari kabi masalalarga bag’ishlangan.

 

Hozirgi zamon olimlari yer kattaligini o’lchash sohasida Beruniy tomonidan erishilgan aniq natijalarni, O’rta asrlarda astranomiya sohasida erishilgan katta yutuqlardan biri deb hisoblaydilar.Hozirda

“ Qonuni Mas’udiy ” asarining 7 ta qo’lyozma nushasi London, Parij, Berlin, Istanbul va Qoxira shaharlarining va poytaxtimizdagi sharqshunoslik institutining kutubxonalarida saqlanmoqda.Abu Rayhon

Beruniy umrinining so’nggi daqiqalarida ham ijod qilishdan to’xtamay-

  1. U 1037-1048-yillarda “ Mineralogiya “, “ Farmakologiya “ va “ Say-

dona “ asarlarini yaratgan.” Saydona “ asarida 4500 dan ortiq dorivor o’simliklar, hayvonlar minerallar va ulardan olinadigan ozuqalarning nomlari va izohlari keltirilgan edi.

“ Ilimni uning mohiyati uchun o’rganadigan.Ilm o’zi lazzat bag’ish-

laydi.Odamlar ilm tufayli ezgulikka erishadilar. Ular ilm tufayli yovuzlikdan holos topadilar.Shuning o’zi eng aniq foyda,eng katta davlat emasmi,axir!” Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy 1448-yili G’azna shahrida 75 yoshida bu yorug’ olamni tark etadi. Abu Rayhon Beruniyning o’lmas asarlari asrlar davomida ilm ahlining qo’lidan tushmagan. Ular avlodlardan – avlodlarga o’tib el ko’nglidan yanada chuqurroq joy ola brogan. Chunki,buyuk mutafakkir halqparvar va insonparvar olim Beruniy o’zining butun umrini bakamol ijodi va yorqin isdedodini chin yurakdan,el-u yurt,odamlar,ilm-u ma’rifat uchun bag’ishlagan edi. Hozirgi vaqtda Beruniyning nomi butun jahonga mashhurdir.

Boshlovchi:

Matematika fani yuksalmoqda kun sayin,

Bo`limlari xilma-xil, qay birini aytayin?

Qancha-qancha muomma hal etilgan shu on.

Kompyuterlar savodi quloch yoymoqda chunon.

 

Endi navbat buyuk olim Beruniy bobomizning hayoti va ijodiga bag`ishlangan sahna ko`rinishiga.

 

MARHAMAT TOMOSHA QILING!

 

XX asr o`zbek adabiyotining tarixshunos yozuvchisi Mirkarim Osimning, Abu Rayhon Beruniyning hayotiga bag`ishlangan.

“Jayhun ustida bulutlar” qissasi asosida tayyorlangan sahna ko`rinihi:

 

Qatnashuvchilar

  1. XI asr boshlaridagi Xorazmning johil hukmdori Mahmud G`aznaviy.
  2. Zamonasining yetuk va yosh olimi Abu Rayhon Beruniy.
  3. Abu Rayhon Beruniyning ustozi, buyuk, olim Abu Nosir ibn Mansur Iroq.
  4. Podshoh Mahmud G`aznaviyning vaziri Mahmudxo`ja Hasanak.
  5. Xorazmni turli fanlar sohasidagi olimlar.
  6. Mulozim

 

Sahnada Xorazmning podshohi Mahmud G`aznaviy bilan vaziri Mahmudxo`ja Hasanak suhbatlashmoqda

 

M.G`aznaviy: (3 marta qarsak chaldi)

Mulozim: Labbay podshohi, olam

M.G`aznaviy: Ko`nglim donishmandlar suhbatini tusaydi, darhol

Xoramlik olimlar boshlab keling.

Mulozim: Xo`p bo`ladi, shohim, (mulozim orqa bilan yurib chiqib

ketdi.) ( Oradan ko`p o`tmay , hassa tayangan keksa olim,

Abu Nosir ibn Mansur qizil yuzli, barvasta bo`yli, yosh olim

Abu Rayhon Beruniy, Xorazmlik yana ikki olimlar kirib

kelishdilar.)

Abu Nosir ibn Mansur- Assalomu alaykum, olampanoh.

Olimlar:                  1. Assalomu alaykum, podshohiolam

  1. Assalomu alaykum, podshohizamon

Abu Rayhon Beruniy: Assalomu alaykum podshohiolam  (podshoh bosh

ilg`ab qo`yadi xolos)

Vazir Mahmudho`ja Hasan: Vaalaykum assalom marhamat o`tiringlar

(hammalari ko`rsatilgan joyga o`tiradilar).

M.G`aznaviy: Ko`nglimni shubha tutini bilan to`ldirgan bir savolga javob olmoq uchun sizlarni bu yerga chaqirtirdim

Abu Nosir ibn Mansur— Xo`p ulug` ish bo`libturda podshohi olam.

M.G`aznaviy: Kuni kecha tunyoqdan kelgan bir vakilni qabul qilgan

erdim. Tili turkiy tilga biroz o`xshaydur. Gapdan-gap

chiqib, Bizni tomomlarda yoz chillasidan , qish

chillasigacha quyosh botmaydur, qish chillasidan

boshlab oftobni 6 oy ko`rmaymiz, dedi. Ahir bir

kech – kunduz 24 soatga barobar-ku!     Nahotki

alarning bir kuni bizning 180 kunimizga teng bo`lsa.

Andog` bo`lsa, ul yerlarda musulmon kishi ro`zani

qanday tutadur? Men uni kazzoblikda ayblab, ul

yolg`onchi kofirni zindonga tashladim. Ani qatl

ettirishdan oldin so`zlari qanchalik to`gri ekanligini

sizlardan so`rab bilmoqchi bo`ldim.

Beruniy: Yaxshi ish qilibsiz, olampanoh! Ijozat bersangiz . Sizni qiynab

qo`ygan bu savolga javob qilsam.

M.G`aznaviy: -qani aytchi, Beruniy!

Beruniy: Oftob ufq chizig`idan pastda bo`lgan vaqti biz tun deb ataymiz

Tun va kunning uzoqligi yil fasllariga va mamlakatimizning

jugrafik vaziyatiga bog`liq. Malumingizki, bu yerlarda qish

faslida tun uzoq kun esa qisqaroq yozda esa aksincha kun uzoq

tun qisqa bo`lur. Xatti ustivoda, yani yer kurrasining

belbog`ida tun va kun har vaqt bir-biriga bab-baravar bizda bir

yilda ikki marotabagini kun vat un barobar bo`ladur. Shimolga

qarab ketkan sari qishda tunlar bizdagidan uzoqroq, kunlari

qisqaroq bo`lur. Bas shunday ekan, qubtga yaqin yerlarda qish

faslida 6 oy kecha, yozda esa 6 oy kunduz bo`lishi tabiy holdur

podshohiolam! Tunyoq odamlari bari majusiy, alar islom dinini

qabul qilmaganlar. Shul sababdan Olloh Taola qish faslida

alarga oftob jamolini ko`rsatmasa, bundan hayron qolarlik

narsa yo`q. ( Beruniyni gapi podshohga ma`qul tushib iljayib

qoydi).

M.G`aznaviy: Ana endi o`zinga kelding, Beruniy, gaplaring ma`no kasb

etdi. Rostdan ham qutub tomonlardan kelgan vakil meni

aldamaganga o`xshaydur. (podshoh 3 marta qarsak chaladi).

Mulozim: (kirib) labbay, olampanoh!

M.G`aznaviy: Anavi… tunyoqdan kelgan vakilni darhol zindondan

chiqarib yubor. Ani hursand qilib, sovg`a – salomlar bilan

yurtiga jo`nat.

Mulozim: Bosh ustiga olampanoh! (orqa bilan yurib chiqib ketdi).

M.G`aznaviy: (Beruniyga qarab) Beruniy, sen ancha dono ko`rinasan

odamlarning aytishicha, dunyoda sen bilmagan sir qolmagan

emish, yeru ko`kdagi barcha sir-asrordan voqif emishsan,

to`g`rimi?

Beruniy: Quloqqa chalingan har gapga inonib bo`lmaydi. Eshitgan har

Gapni amalda sinab, aning qanchalik to`g`riligini bilsa bo`lur.

M.G`aznaviy: O`zim ham san to`g`ringda eshitgan gaplarni sinab

ko`rmoq niyatida erdim. Dunyoning siru asrori mahraming

bo`lsa, qani aytchi shu xonadagi 8 eshikning qay biridan

chiqib keturmen.

Beruniy: (o`ylab turib) Ey shohi zamon, menga boshqa savol bering.

mendan yer yuzasidan osmondagi oy va quyoshgacha bo’lgan

masofani, yulduzlarning holati,alar orasidagi masofa yoki

javohirlarning turlarini va holatlarini so’rang, shundagina meni

ilm-u hikmat va  falokiyot hazinasidan qanchalik nasibador

ekanimni bilursiz!

M.G’aznaviy: Agar yulduzlarning holati senga ma’lum bo’lsa, shularga

boqib nima ish qilmoqchi bo’lganimni ayta olursen.Qaysi

eshikdan chiqib ketishimni bir qog’ozga yoz,men ani to’shagim

ostiga qo’yay.

Chiqib ketgandan so’ng qaytib kirib,xatingni o’qib sening sirru

asror olamidan qanchalik habardor ekaningga qanoat hosil

qilurmen.(Beruniy hayajonda,har bir eshikka bir-bir qarab

chiqdi.U o’rnidan turdida go’yo podshohning niyyatini

bilgandek, usturlobning qo’lga oladi va uni podshohning

peshonasiga to’g’rilab uning bandini aylantirdida, podshohga

qarab)

 

 

 

 

 

Beruniy : Podshohim qay eshikdan chiqib ketishingiz menga ayon bo’ldi

 

( qo’lga qog’oz va qalam olib,unga bir narsalarni

yozib,qog’ozni to’rt buklab vazirga uzatdi) Marhamat vaziri

azam ( qog’ozni olib podshohga uzatdi) marhamat olampanoh.

M.G’aznaviy: ( Qog’ozni qolda  aylantirib, to’shagi ostiga tiqib qo’ydi-

da,vazirga qarab imo qildi.Vazir o’ridan turib chiqib

ketgach,taxtni ro’parasidagi devor orasidan gursillagan ovozlar

eshitila boshladi)

( hamma ajablanib o’sha tomonga qaraydi,devor buzilib, odam

sig’adigan teshik paydo bo’ldi )

( G’aznaviy taxtdan tushib,o’sha teshikdan tashqariga chiqib

ketadi va ohiri eshikdan vazir bilan kirib  keladi)

( Hamma o’rnidan turib, tazim qilgancha qotib qoladi)

( Podshoh taxtiga chiqib o’tirgach, to’shak ostidan hatni olib

qo’ydi, o’qidi-yu rangi quv o`chib ketdi. Ko`zlariga

ishonmagandek, yana o`qib, badanidagi har bir moyi tik

bo`ladi. Nihoyat jahl otiga minib g`azab bilan).

M.G`aznaviy: Hammangizga javob, meni yolg`iz qoldiring.

(Hamma oyoq uchida chiqib keta boshladi, vazir ham chiqib

ketmoqchi bo`lganda, uni to`xtatib)

M.G`aznaviy: Vaziri a`zam, siz qoling! Kibru – havoga berilib ketgan

bu nobakorning adabini berib qo`ymoq vaqti keldi.

Vazir: Rost aytingiz, olampanoh.

M.G`aznaviy: Darhol farmon oliy yozilsin! Farmoni oliyda uning 2

qo`lini bog`lab saroy tomidan tashlab yuborilsin deb hokum

qilinsin!

Vaziri: (bu gapni eshitib vazirni hushi boshidan uchadi, chunki saroy

tomidan tushgan odam til tortmay olishi muqarrar edi) Yo, shohi

zamon! Qadimgi donishmandlar. G`azab vaqtida qilingan

ishning oqibati pushaymonlik bo`lur, deganlar. Yalinib

so`rayman bul ishni ertaga qoldirsak …

M.G`aznaviy: Men aytgan so`zni qaytarib olmayman. Farmonni bajo

keltrishing shart, bo`lmasam sening ham boshing ketadur!

Vazir: men boshimni siz uchun qurbon qilishga tayyormen, ey shohi

zamon. Beruniy har qanday og`ir jazoga loyiq, ammo o`limga

hukm qilmang. Tomdan tashlab yuborilsa til tortmay o`ladur.

 M.G`aznaviy: O`ladurmi, qoladurmi, bu bilan ishim yo`q. Ammo

so`zim, so`z!( podshoh chiqib ketdi, vazir ham ketdi)

(Sahnada Abu Rayhon Beruniy va ustozi Abu Nosir ibn Mansur

suhbati)

Abu Nosir: Qog`oza nima deb yozgan eding?

Beruniy: Hech bir eshikdan chiqmaysiz. Ro`paradagi devorni buzdirib,

teshikdan chiqib ketasiz, deb yozgan edim.

Abu Nosir: O`ylaganini topibsen, farosatinga qoyilman. Ammo buqadar

donolikning, hozirjavoblikning hafli ekanini bilar eding-ku. Sen

bilan o`chakishgan odam ulug` mamlakat podshohi ekanini

unutmasang bo`lar edi.

Beruniy: Na qilay, ustoz, mening bo`lgan turganim shul-ku. Ba`zan

aqlning tizginini izzati nafs qo`liga berib qo`yurmen.

Abu Nosi r:Xudo o`zi seni falokatlarni asrasin. Endi hujraga borib,

damingni olgin, tashqariga chiqma! Xo`p xayr!

Beruniy: xayr, ustoz! (ketadilar)

Abu Rayhon Beruniy ustozi bilan xayrlashgach, hujrasiga borib, qo`li ishga bormay, falokat nayzasi qay tomondan kelib sanchilishini kutib o`tirar edi. 4ta barvasta yigit kelib, balo-qazodek hujraga kirib, Beruniyni saroyga olib ketadi.

Har amringgizga mute, har farmoninggizga tobeydurmen,- deya ta`zim qilgan hushyor vazir Mahmudho`ja Hasanak podshohning amrini o`z bilanicha ijro etishga, lekin sih ham kuymasin,kabob ham qabilida, yosh olimni o`limdan saqlab qolgan edi.

 

Boshlovchi:

Matematika fani go`zalikka boy juda,

Go`zal son, go`zal yechim, go`zal chizma serjilo.

Boshqotirgich, safizm aqlni peshlasa gar,

Topishmoqli misollar o`ylashga majbur etar.

 

Endigi navbat qiziqarli matematika o`yinlariga:

  1. Tug`ulgan kunni va oyini topish.
  2. 1983 sonini hosil qilish.
  3. 1-1000 ichida 3 raqami nechta?

 

Boshlovchi:

Ta`zim sizga, buyuk fanga asos slogan bobolar!

Ta`zim sizga, nomi mangu shonli qolgan bobolar!

Siz yaratgan mashhur fanni biz ham sevib qolganmiz.

A`lo o`qib, ustozlarning ishonchini oqlaymiz!

 

Endigina navbat qiziqarli handalarga:

  1. “Hisobdan adashdi”.
  2. “Andoza”.
  3. “EKUBni topish”.
  4. “Tarozi”

 

Aziz ustozlar, qadirdon o`quvchilar!

Bugungi matematik kechamizni yakunlar ekanmiz, sizlarga o`qish va ijodiy faolyatingizda omadlar tilaymiz!

 

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

 

  1. A. Salye “Abu Rayhon” Toshkent 1960-yil.

 

  1. I. Raynov “O`zbekistonning buyuk olimlari” Toshkent 1943-yil.

 

  1. Mirkarim Osim “Jayhun ustida bulutlar” Toshkent 1969-yil.

 

  1. I.Qoriniyozov “O`zbek xalqining madaniy merosi haqida” Toshkent 1960-yil

 

  1. I.Qoriniyozov “Mirzo Ulug`bekning Astronomiya maktabi” Toshkent 1950-yil
« Older Entries Recent Entries »