Betakror ijodkor ijodida takror

Betakror ijodkor ijodida takror

Muhammad Yusuf she`rlaridagi har bir tasvir ,har bir chizgi jimjimadorlik, balandparvozlikdan holi sodda,teran, xalqona so`zlar orqali berilgan.Shoir she`rlarining o`qimishliligini ta`minlaydigan vositalar talaygina.Bu vositalar orasida takrorning o`rni beqiyosdir.Shoir takrorning barcha ko`rinishlaridan unumli foydalangan. Chunonchi , uning ijodida  allitratsiya quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi.

  1. She`rning ma`lum bir misrasidagi ba`zi so`zlarda undosh tovushlar takrori:

 

Buramoltol  bog`da  sizni ko`rdim qaydanam,

Bir boqdimu bilmam nedir uzildi jondan.

“b” undoshi takrori

  1. She`r misralaridagi deyarli barcha so`zlarda aynan bir undoshning takrori:

 Kambag`alning kuni qursin ekan.ko`rdik,

Miskin edik ,yana ikkov miskin bo`ldik.

“k” undoshi takrori

Shoir ijodida barcha unli va undosh tovushlar birdek takrorlanadi.

Suluvlarda suluv bir qiz sochim silar,

Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.

Ijodkor  o`zbek xalqi falsafasini chuqur anglagan holda tilimiz imkoniyatlaridan to`g`ri foydalanib o`z ijodida so`z takroriga keng yo`l berdi.So`z takrori misralarning turli o`rinlarida turli miqdorlarda namoyon bo`ladi. Masalan so`z takroriga asoslangan tardi aks sa`nati (mohiyati so`zlarni o`rni almashgan ,teskari holda takrorlanishi) ijodkor she`rlariga o`zgacha jarangdorlik baxsh etadi.

    Biz baxtli bo`lamiz hudo hohlasa,

   Hudo hohlamasa uchrasharmidik.

She`riy sa`nat “hohlasa – hohlamasa” so`zlari orqali aks

etyapti.

        Meni Laylo tushungaydir,

       Sen ey jonon,tushunmaysan.

Quyidagi misralar orqali esa shoir  o`zining dastlabki fikridan qaytib,uni yanada kuchaytiryapti.

     Boy buvamning oshi bor,

    Oshi to`la toshi bor.

   Boy qizining biz g`arib,

    Qul bilan na ishi bor.

She`rda mazmun banddan bandga ko`chgan holda kuchayib ketyapti. Bu ma`no kuchayishiga,shoir bandlarda so`zlarni takrorlash yoki so`zlarning bo`lishsiz shaklini takrorlab qo`llash orqali erishgan:

    Ketaman-ketaver,

   O`ptirmas-o`pgan-o`ptirsa ham o`pmasman,o`psam

   G`arib –qul-qulga

   Kambag`alni-kambag`al kabilar.

Bu she`rda biz takrorning badiiy-estetik funksiyasini ko`rishimiz mumkin. Masalan ma`noni kuchaytirib ifodalash:

       Qizlarhonim qizlarnin sarasidan,

       Muchchi olsam qoshlaring orasidan.

       Arazlasa aylanay arazidan-

      Qizlarhonim qizlarning sarasidan.

Bu she`r “Qizlarhon ” deb atalgan bo`lib,unda “qizlarhonim” so`zi har bir bandda 1-2 martadan takrorlanadi.Yuqoridagi bandda  so`zni 2 marta takrorini ko`rishiniz mumkin.Bundan tashqari bandda birinchi misra band ohirida ham  takrorlanyapti.Bunga sabab bu band she`rning birinchi bandi ekanligi.Shoir misra takrori,so`z takrori bilan ma`noni kuchaytirgan.

  “Sog`indim” she`rida esa  “sog`indim ” so`zi ochib berish ,she`rning asosiy maqsadi va g`oyasini ko`rsatish,yaqqol aks ettirish uchun ishlatiladi.

       She`riyat,

      Ey bevafo sanam!

      Qo`llaringdan mahkam tutarman,

      Sendan har bir narsani kutarman,

     Sen bir malham,

     Sen bir shirin g`am.

Bu takror orqali shoir o`z fikrini yo`naltirilganligini bildiryapti.She`r davomida ham shu murojat etish ma`nosin saqlab qoladi.

Nahoringda paxta, shomingda paxta

Ayvoningda paxta, tomingda paxta

So’z takrori sintaktik usullardan biri bo’lgani uchun u fikrni ta’kidlab,takrorlash hususiyatiga ega.Parchada’’paxta’’ so’zi 4 marta takrorlanyapti.Bunda takrorlanayotgan so’z hayotda qanchalik muhim predmet ekanligini anglash mumkin.Yana she’rda ma’no, ya’ni mantiqiy takrorni ham uchratamiz.Bunda ma’no kuchayib bormoqda.Pastdan tepaga qarab o’syapti;

Nahor-shom

Ayvon-tom bu so’zlar bir-biriga ham ma’no, ham mantiq jihatdan bog’langan.Shakl va mazmun mukammalashishi she’rlar betakrorligini oshiradi.

So’z takrorida birdaniga bir necha so’zning takrori ham uchraydi.Fikrimiz isboti ijodkor she’rlarida ham ko’rinadi.

Yomon ko’z tosh yorar der,

Yomon do’st bosh yorar der.

Yomon erkak to’y buzar

Yomon ko’z uy buzar der.

Bu she’rda qofiyani,ohangdoshlikni vujudga keltirish uchun ham takror ishlatilgan.

Muhammad Yusuf she’rlarida so’z qo’shimchalari o’zgargan,ammo o’zaklar takrori ham bor. Lekin bu holatda ma’no zidlanadi.Masalan;

Qayg’urguncha qayg’urgin,

Qayrilmasga qayrilma.

Vafosizga berilib,

Vafolidan ayrilma!… She’riy parchada 3ta o’zakdosh so’z zidlashyapti.

Xulosa qilib aytganda,Muhammad Yusuf so’z takrori orqali she’rning g’oyaviy maqsadini ochib beradi.Ko’p o’rinlarda biror so’zning takrori she’r sarlavhasini ham belgilab beradi.

Oh mening ortimda ovvora onam,

Bir parcha yuragi ming pora onam.

Har baloni ko’rib yorug’ dunyoda

Toshkanni ko’rmagan bechora onam.

 El sevgan shoirning betakror va yoqimli ijodi adabiyotga oshno xalq qalbidan chuqur joy egallab bo’lgan.Biz ko’p yillar Muhammad Yusuf she’rlarini takror va takror o’qiyveramiz.

Добавить комментарий