8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi

Andijon viloyat Xalq ta’limi bo’limi

Oltinko’l tumanidagi

28-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Tarix fani o’qituvchisi

USMONOVA ZAMIRAXON ning

8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan

TADBIR SENARIYSI

 

1-boshlovchi:  Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,

                        Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.

                        Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,

                        Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!

                        Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!

 

2-boshlovchi:  Yangi davrv keldi, o’zgardi zamon,

                        Zamon zayli bilan o’zgardi inson.

                        O’zgardi jamiyat, o’zgardi hayot,

                        O’zgardi qo’shig’-u o’zgardi hayot!

 

 

1-o’quvchi: — 1990-yil iyun O’zbekistonda Mustaqillik Deklaratsiyasi e’lon qilindi. Bu

mustaqillik uchun ilk qadamlardan bo’ldi.

 

 

2-o’quvchi:  1991-yil 31-avgust O’zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qildi.

 

Mustaqillik kuni muborak bo’lsin.

Toabad istiqlol oftobi kulsin.

Mustaqillik berdi bizga saodat,

Berdi e’tiqod-u, keng imkoniyat.

 

3-o’quvchi:  1992-yil 2-mart  O’zbekiston Respublikasi BMT a’zoligiga qabul qilindi.

 

Sen ham endi tenglar ichida tengsan,

Bag’ri butun yurtsan va bag’ri kengsan.

Sendek xalqimning ham bag’ri butundir,

Dunyo binosida bitta ustundir.

Millatlar uyida barcha qatori

Uning xos o’rni bor- qatorda nori

 

4-o’quvchi:  Yaxshilar tufayli ozod diyorim,

Ozodlik tufayli obod diyorim,

Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.

Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.

Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.

Ulusning oriyu nomusidir u .

Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.

U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.

Mustaqillik bergan oily baxtdir bu,

O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.

Konstitutsiyamiz nodir chinakam

U biz uchun eng oily hakam!

 

Vatan haqida qo’shiq yangraydi:

 

5-o’quvchi:  1-modda: O’zbekiston suveren demokratik Respublika. Davlatning O’zbekiston

Respublikasi va O’zbekiston degan nomlari bir xil ma’noni bildiradi.

 

Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,

Jahonni qaratdi O’zbekistonga.

Temurning ruhiga qilib qasamyod,

Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod,

Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,

Dilida xalqiga chuqur ehtirom

Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,

Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.

 

6-o’quvchi:     Marifat bo’stoni ezgu dostoni,

Dostligu tinchlikning metin qo’rg’oni,

Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim.

Ey obod diyorim O’zbekistonim!

 

O’quvchilar tomonidan raqs ijro etiladi.

 

7-o’quvchi:  3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy

tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlarining tizimini

belgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonning

davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir.

 

Dunyo xaritasin bezab shersimon,

Qulochini yoydi hur O’zbekiston.

Xaritaga soling diqat nazarin,

Ko’ring, xavas qiling yurtim manzarin.

U qaddin roslagan sherga oxshaydi.

Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi.

Istibdod zanjirin uzib batamom,

O’zligin olamga etdi namoyon.

Ozod nafas oldi bu jaho aro,

Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.

 

8-o’quvchi:  4-modda:  O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.

 

9-o’quvchi:  5-modda:  O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari-

bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

 

Olam ahli bilan qilib barobar,

Ayladi qadrdon, do’st-u birodar.

Chiqardi millatlar uyin to’riga,

Umir qo’shdi O’zbekiston umriga.

Mulki jahon bayroqlari qatori,

Shula sochdi bayrog’imiz sharori.

Olam aro madhiyamiz yangradi,

Eshitganki, kishi joni yayradi.

Mustaqillik bergan oily baxtdir bu,

O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!

 

10-o’quvchi:  6-modda:  O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.

 

Ey ko’xna diyorim, ona Toshkentim,

Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim!

Binkentu, Banokat, ko’zi yosh kentim,

Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim!

 

11-o’quvchi:  7-modda:  Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.

Adolatning qo’yib tamal toshini,

Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.

U tinim bilmasdan ishladi shoyon.

Konstitutsiyaga fido qildi jon.

Birnchi o’ringa qo’yib insonni,

Inson sharafiga baxsh etdi jonni.

Qonunlar insonga qilmasa xizmat,

Qonunlar insonni etmasa izzat.

Qonun emas, dedi undayin qonun,

Qonunda Insondir zori Humoyun.

Davlatning sharafi, shoni insondir,

Tanasi, yuragi, joni insondir.

 

 

12-o’quvchi:  31-modda:  Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson hohlagan

diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmasligi

huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l

qo’yilmaydi.

 

Tiklandi iftihor va milliy g’uru,

Endi o’zbekman deb ayturmiz mag’rur.

Tiklandi an’ana, urf-odatimia,

Tiklandi qadriyat tarix va moziy,

E’tiqod, din-iymon, ilimi ilohiy.

 

 

13-o’quvchi:   41-modda:  Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat

tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

 

Ilmliy kishini qadrlar zamon.

Ne zamon qadrlar jumlayi jahon,

Ilm bilan bezar umrini basher.

Ilm-katta boylik, ilm-siymu zar,

Ilm bilan bezar umrini basher

Umti oqibatda topgaydir qadr,

Ilmdan yaratdi eng oily qasr.

 

14-o’quvchi:   2004-yil 22-may O’zbekiston respublikasi Prezidentining “2004-2009-yillarda

maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida”gi farmoni

e’lon qilindi.

 

15-o’quvchi:  Aqlga tayangan Qomusimiz bor,

Aql Adolatni etur ustuvor.

Adolatli jamiyatga berganda baxo

Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!

Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,

Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,

Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,

Bizni chorlamoqda haq ahillikka.

 

O’quvchilar tomonidan Vatan haqida qo’shiq yangraydi.  

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *