O’zbekiston tarixi fanidan dars ishlanmasi

14 Фев

Andijon viloyat Xalq ta’limi bo’limi

Oltinko’l tumanidagi

28-Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining Tarix fani o’qituvchisi

USMONOVA ZAMIRAXON ning

O’zbekiston tarixi fanidan

DARS ISHLANMASI

 

Mavzu: BUXORO AMIRLIGINING DAVLAT TUZUMI VA MA’MURIY BOSHQARUVI

 

         Darsning maqsadi:

 

  • mang’itlar hukmronligi;
  • mang’itlar sulolasi o’zbek davlarchiligi tarixida muayyan darajada o’ziga xos o’rin tutishi, davlat tuzumi va ma’muriy boshqariluvi haqida o’quvchilarga bilim berish;
  • o’rganilayotgan davr bo’yicha o’quvchilar bilimini tizimlashtirishni davom ettirib, tarixiy tushuncha va atamalarning mazmun va mohiyatini ochib berish hamda ularni sharqona demokratiya ruhida tarbiyalash.

 

Darsning jihozlari:

 

  1. Darslik, 15-mavzu.

2.O’zbekistonning siyosiy-ma’muriy xaritasi.

  1. O’zbekiston tarixi atlasi.
  2. Doska, bor.

 

Tarqatma materiallar.

 

O’tilgan dars mavzusi asosiy masalalari asosida tayyorlangan kartochkalar. Atamalar ustida ishlash uchun topshiriqlar yozilgan kartochkalar.

Yangi dars mavzusining tayanch tushunchalari va tarixiy atamalar.

      Monarxiya, mustabid hukmdor, otaliq, arkoni davlat, ma’muriy bo’linish: viloyat, tuman, beklik, davlat lavozimlari.

 

  1. Tashkiliy qism.

     

      O’quvchilar diqqatini darsga jalb etish va ishchi muhitini yuzaga keltirish.

 

  1. O’tilgan dars mavzusi yuzasidan takrorlash.

 

Bu vazifa tarqatma material orqali amalgam oshiriladi.

 

  • Buxoro qanday qilib davlat mustaqilligini yo’qotdi?
  • Ashtarxoniylarning inqirozga yuz tutishiga nimalar sabab bo’ldi?
  • Mang’itlar qay tariqa hokimiyat tepasiga keldilar?
  • Mang’t hukmdori Muhammad Rahimxon mamlakatda qanday siyosat yurgazdi?
  • Buxoro xonligi qaysi voqeadan keyin Buxoro amirligi deb ataladigan bo’ldi?
  • Qaysi yillarda Buxoro amirligida mang’itlar sulolasi hukmronlik qilgan?
  • Buxoro xonligi Eron hukmdori Nodirshohga qaramlikdan qachon qutildi?
  • Amir Shohmurodni xalq nima uchun “amiri ma’sum” deb atagan?
  • Samarqand shahrini mang’itlar sulolasidan kim qayta tiklattirgan?
  • Amirlardan kim rais mansabini va qo’shin tarkibida qoziaskar lavozimini joriy qildi?

O’quvchilar javoblarning to’liqligiga qarab baholanadilar

 

  • O’yin-musobaqa (“Kim haqida so’z yuritilyapti, uning shaxsini aniqla!” oyini)ni o’tkazish

    

       Darsning bu qismida o’quvchi xotirasidagi bilimlarga tayanib, vazifani yozma ravishda, ya’ni faoliyati yoritilishiga qarab shaxsini aniqlab yozadi.

Asosiy maqsad – o’quvchilarning bilimini mustahkamlash, ularda tarixiy shaxslar faoliyatiga baho berish ko’nikmasini rivojlantirishdan iborat.

Ushbu o’yinni o’tkazish uchun o’quvchilar uch jamoaga bo’linadilar. So’ng o’qituvchi oldindan tayyorlab kelgan topshiriqlarni jamoaga tarqatadi.

Har bir topshiriqda beshtadfan jumla bo’ladi.

 

 

  1. U Eron bosqiniga qarshi kurashni uyushtira olmadi (Abulfayzxon)
  2. U ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi (Muhammad Rahimxon)
  3. U o’zini xon atamadi (Amir Doniyolbiy)
  4. U xonlikda yetakchi mavqeyga ega bo’lish niyatidan qaytmagan (Muhammad Hakimbiy)
  5. U xalqdan olinadigan soliqni ko’paytirdi (Doniyolbiy)

 

 

 

  1. Butun hokimiyat amalda uning qo’lida to’plandi (Muhammad Hakimbiy)
  2. U barcha hukmdorlarga o’z boshqaruv dasturini e’lon qildi (Muhammad Rahimxon)
  3. U qo’g’irchoq hukmdorga aylanib qoldi (Abulfayzxon)
  4. U adolat tamoyillariga qattiq amal qildi (Shohmurod)
  5. U o’zining muntazam qo’shinga egaligidan foydalanib, hokimiyatda alohida mavqe uchun da’vogarlik qila boshladi (Muhammad Rahimxon)

 

  • topshiriq

 

  1. U o’z qo’shinlarini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko’rishga harakat qildi (Doniyolbiy)
  2. U Nodirshoh tomoniga o’tib ketdi (Muhammad Hakimbiy)
  3. U o’z faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi (Shohmurod)
  4. U barcha bekliklarning markaziy hokimiyatini tan olishlariga to’la erisha olmadi (Muhammad Rahimxon)
  5. U ba’zi islohotlar o’tkazib, davlatni mustahkamlashga erihdi (Shohmurod).

 

  1. Yangi dars mavzusining mundarijasi:
  2. Davlat tuzumi.
  3. Ma’muriy bo’linishi.
  4. Yuqori davlat lavozimlari.

 

 

  1. Matn va atamalar ustida ishlash.

      

      Bu vazifa matn ustida ishlash usulidan foydalanib bajariladi. O’quvchilar matn ustida ishglab, quyidagi savollarga javob topadilar:

  1. Buxoro davlat tuzumiga ko’ra qanday davlat edi va hukmdor uni qanday idora qilgan?
  2. Otaliq mansabiga tayinlanganlar qanday faoliyat yurgizganlar?
  3. Amirlikning davlat muassasalari qanday idoralardan iborat bo’lgan?
  4. Amirlikda mavjud bo’lgan quyidagi davlat lavozimlariga (atamalarga) izoh bering: qushbegi, ko’kaldosh, devonbegi, mushrif, mirshab, dodxoh, inoq, miroxour, dasturxonchi, kitobdor, to’qsabo, parvonachi, sadr, shayhulislom, qozikalon, muftiy, muhtasib.

Vazifani birinchi bo’lib bajargan o’quvchilardan 5 nafarining javobi eshitiladi va baholanadi.

 

  1. Darsni yakunlash.

     

      O’quvchilarning darsdagi faolligi darajasiga baho beriladi. Eng faol o’quvchilar rag’batlantiriladi. Ularning matn ustida ishlashda yo’l qo’ygan kamchiliklari qyd etilib, bartaraf etish yo’llari ko’rsatiladi.

 

  • Uyga vazifa.

 

Mavzu asosida berilgan savollarga javob toppish.

Amirlikdagi davlat lavozimlarini daftarga ko’chirib yozib kelish.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>