INFORMATIKA FANIDAN »MATEMATIK FORMULALAR BILAN ISHLASH» MAVZUSIDA TAYYORLANGAN DARS ISHLANMASI

14 Фев

 

58120383

 

O’zbekiston  Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Andijon  viloyati xalq ta’limi boshqarmasi

Oltinko’l tuman  xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limiga qarashli 28-Davlat ixtisoslashtirilgan maktabining Informatika  fani o’qituvchisi

Ziyaitdinova Nodira Abdumajidovnaning

Matematik formulalar bilan ishlash

mavzusida tayyorlagan

(Informatika 8-sinf)

 

DARS ISHLANMASI

Andijon viloyati

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu Matematik formulalar bilan ishlash
 

Maqsad va vazifalar

Darsning maqsadi: o‘quvchilarni elektron jadvalda qo‘llaniladigan matematik formulalar bilan tanishtirish va ular bilan ishlashga o’rgatish.

Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga amaliy masalalar yechish orqali elektron jadvalda qo‘llaniladigan matematik formulalar bilan tanishtirish va ular bilan ishlash bo’yicha bilim va ko’nikmalar berish.

Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish.

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.

O‘quv jarayonining mazmuni Excel elektron jadvali imkoniyatlari. Matematik funksiyalar va ularning qo’llanishi. Mantiqiy funksiyalar va ularning qo’llanishi. Statistik funksiyalar  va ularning qo’llanishi. Matnli funksiyalar va ularning qo’llanishi.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Uslub: Ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi

Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik gruhlarda ishlash

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.

Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.

Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar O’quvchilar amaliy masalalarni kompyuterda yechish bo’yicha bilimlari mustahkamlanadi, format menyusi hamda formulalar bilan ishlash ko’nikmalarini egallaydilar.
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar) O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosuda keyingi darslariga  o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

Asosiy tushunchalar:

 

Matematik amallar, matematik funksiyalar, mantiqiy funksiyalar, statistik funksiyalar, matn funksiyalari, katakcha, satr va ustun formatlari.

 

 Darsning blok-chizmasi

 

  Dars bosqichlari Vaqt Usullar
1 Tashkiliy qism 5  minut S
2 O‘tilganlarni takrorlash 10 minut SJ, K, VDMY
3 Yangi mavzu ustida ishlash 12 minut M, AH
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 15 minut SJ, K, BST, MY
5 Uyga vazifa 3 minut B,BO,BX

 

 Uy vazifasini so‘rash.

 

  • Bugunga darsimizda “Ofarin”, “Rag’bat” va ”Bo’sh” kartochkalaridan foydalanamiz.

 

  • Eng to‘g‘ri javob va faol ishtirok uchun “Ofarin”,”  — 5 ball,

 

  • Biroz hatoga yo’l qoygan o’quvchilarga  “Rag’bat” – 4 ball,

 

  • Bilimida bo’shliqlar aniqlangan o’quvchilarga – ”Bo’sh” 3 ball qo‘yiladi.

 

(Qaysi gurux a’zosi to’g’ri javob bersa o’z guruxiga ball olib beradi va shu tariqa dars musobaqa usulida davom etaveradi.)

Darsning tashkiliy qismi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi so’zlari bilan boshlanadi:

 

8mill_21_01_20121

Farzandlari soglom yurt qudratli bolur, qudratli elning farzandlari soglom bolur degan iborani prezidentimiz xar bir maqola va xar bir farzandlarimiz va xar bir yurtimiz xaqida gap ketganda aloxida taqidlab o’tadi. Shunday ekan siz xurmatli o’quvchilar o’z bilimlaringizni sog’lom fikrlar ila boyitib bormog’ingiz  zarurdir. Buning uchun esa ko’p o’qish va ko’pdan-ko’p bilim va malakalarga ega bo’lmog’ingiz  zarurdir.

 

So’ng  dars  gurux o’quvchilarini ikki guruxga bo’lish va ularni shartlar bilan tanishtirishga o’tiladi:

1-shart. Guruxga nom berish va nima uchun bu nomni berganliklari.

 

2-shart. Guruxlar bir birlariga tarqatma materiallari orali savollar berish

 

3-shart. O’qituvchi tamonidan berilgan topshiriqni bajarish.

 

4-shart. Mavzuni tinglash.

 

5-shart. Mavzuni mustaxkamlash maqsadida berilgan topshiriqni

kompyuterda bajarish.

 

1-shart guruxlar o’zlariga quyidagicha nom beradilar  va gurux oquvchilarini tanishtiradilar va gurux nomi va nima uchun bunday nomlaganlari xaqida ma’lumot beradilar.

 

Al Xorazmiy-guruxi

 

 

 

1429950510_al-horazmiy-2

 

 

 

 

 

Аl Хоrazmiy (780-850). Buyuk matematik, astronom, geograf.  Аl-Хоrazmiy yozgan asarlardan bizgacha 10 tasi yetib kelgan. Хоrazmiyning XII-аsrda lotin tiliga tarjima qilingan «Аrifmetika» аsari yеvropaliklarni Hind raqamlari , pozision o’nlik sanoq sistemasi bilan tanishtirdi va uning boshqa sanoq sistemalariga nisbatan afzalligini ko’rsatdi. Butun va kasr sonlar ustida amallar bajarish vа kvadrat ildiz chiqarish usulini keltirdi. Xorazmiy yozgan “Arifmetika traktatlari”, “Al jabr val muqobala”, “Tuzatilgan Ptolomey vatarlar jadvalidan chiqarish” kabi asarlarida arifmetik, algebraic va geometric materiallarni sistemalashtirdi.

 

 

 

 

 

Al Farobiy-guruxi

 

 624593464Al Farabi (872-950) Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon (IX-X asr) Farobiy taxallusi bilan  yashab ijod etgan. U bilish jarayonini ikki bosqich-aqliy bilish va hissiy bilishdan iborat bo’lib, ular o’zaro bog’liq, lekin biri boshqasisiz vujudga kelmasligini, bu bosqich axborotsiz shakillanmasligi, axborot esa bilishning asosini tashkil etuvchi element ekanligini takidlab o’tgan allomadir. Farobiy mantiq ilmi xaqida xam “Mantiq san’ati kishiga shunday qonunlar haqida ma’lumot beradiki- bu qonunlar vasitasida aql chiniqadi, inson sog’lom fikr yuritishga o’rganadi”

 

  1. Uy vazifasini so‘rash

O’tilganlarni qisqacha takrorlash quyidagicha amalga oshirish mumkin.

SJ

1.Birinchi electron jadvalning nomi.

2.Elektron jadvalning vazifalari.

3.Elektron jadvalning imkoniyatlari.

4.Excel dasturini ishga tushirish.

  1. Excel dasturini interfeysi.

6.Katakcha nomi.

7.Katakchaga kiritish mumkin bo’lgan ma’lumotlar turi.

8.Absolyut murojan nima?

9.Nisbiy murojat nima?

10.Matematik funksiyalar vazifasi

11.Mantiqiy funksiyalar vazifasi

12.Statistik funksiyalarga qaysilar kiradi

13.Matinli funksiyalarni sanab bering

  1. Matinli funksiyalarni vazifasi

K

1 gurux,

Microsoft Offise dasturidan MS EXCEL dasturiga klaster diogrammasini tuzing.

                                           Klaster

Klaster-tutam, bog’lam axborot xaritasini tuzish yo’li- barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.

Bilimlarni faollashtirishni tezlshtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.                              

VD

II gurux

Microsoft Offise dasturidan MS WORD va MS EXCEL dasturiga vena diogrammasini  tuzing.

Venn diagrammasi

2 va 3 jihatlarini hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’shish uchun qo’llaniladi.

Tizmli fikrlash, solishtirish taqqoslash, taxlil qilish ko’nimalarini rivojlantiradi.

Mavzuni yoritish:

 

M O’qituvchi tomonidan tayyor slaydlar asosida darslikdagi misollar amalda ko’rsatib beriladi. Bu jarayonda katakcha formatiga, avtoto’ldirish, absolyut murojaat va nusxalash imkoniyatlariga alohida urg’u berib o’tiladi.

 

 

1-misol. Reytingga oid masala yechamiz . Buning uchun sinf jurnalini eslatuvchi jadval tuzamiz. Bunda avvalo katakchalar bloklarini birlashtirish orqali quyidagi jadvalni hosil qilib olamiz.

 

Безымянный

 

L-ustunda barcha fanlardan olingan reyting ballarini yigiladi buning uchun

Barcha blokdagi sonlarni qo’shib yigindisi chiqariladi va quyidagi jadval hosil qilinadi.

 

22222222222

 

M-katakchalar bloklarini to’ldirish M6=L6*100/$L$6 katakchasini M7,M8,M9,M10  katakchalariga nusxalash orqali amalga oshiriladi. Bu yerda, $L$6-absolyut adres bo’lib,umumiy ball joylashgan katakchadir.

3333333333

 

AH Darsda guruxlar asosan darslikdagi va qo‘shimcha topshiriqlarni mustaqil bajarishadi. O‘qituvchi ularning ishlashini nazorat qilib boradi.

Mumkin qadar har bir gurux uchun 3 tadan 5 tagacha alohida misollar variantini tavsiya etish lozim. Misollarni yechish jarayonida o‘quvchilar qaysi fandagi tushuncha, ma’lumot yoki formulalardan foydalanishganini izohlab berishi fanlar integratsiyasi uchun muhimdir.

Hisoblash jarayonida o‘quvchilar e’tiborini katakcha, satr va ustun formatlarini o‘zgartira olishga qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

 

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

 

Mavzuni mustaxkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi mashiqlarni bajarish topshiriladi.

 

  1. MS Excel dasturini ishga tushiring.

 

  1. Guruxingizdagi o’quvchilar fanlardan olgan baxolari orqali reyting jadvalini tayyorlang.

 

Gurux o’quvchilari kompyuterda mashiqlar bajargunga qadar bosh qolgan o’quvchilar bilan birga “7-qadam” metodi o’ynaladi

 

1.U shunday narsaki, bizning darslarda usiz mavzuni tushuntirish qiyin.

 

  1. Uning katta yoki kichik turlari bor

 

  1. Undagi etti malakdan xosil bo’lar kamalak

 

  1. U qora rangni juda ko’p ishlatadi

 

  1. Uning yuqqa va qalin turlari bor

 

  1. U ko’proq to’rtburchak shakilda bo’ladi

 

  1. Uning natijasini olish uchun yo printer yo plotterni unga o’rtoq qilish kerak.(manitor)

 

 

She’riy topishmoqlar

 

  1. Ma’lumot tashir tinmay

Beminat xizmat qilar

Virus tushsa albatta,

Xordiqqa ruxsat so’rar

(fleshka)

 

  1. O’zim kichik bo’lsam-da

Kompyuter yuragiman

Men uning eng kerakli

Eng mitti bo’lagiman.

(mikroprosessor)

 

  1. Tarmoqning ishini,

Taminlovchi kompyuter

Men bo’lmasam tarmoqda

Ishing bitmaydi hech bir

(server)

 

Uyga vazifa:

 

  1. Darslikdagi 6-mashq.

 

2*. Darslikdagi 7-mashq.

 

  1. B,BO,BX

         Jadvalini to’ldirish

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>