ONA TILI FANIDAN 1 SOATLIK DARS ISHLANMASI

23 Фев

Oltinko’l tumanidagi

28-Davlat ixtisoslashtirilgan

maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Yunusova Ma’sudaxon Sobitovnaning 9-sinf uchun ona tili fanidan 1 soatlik

DARS ISHLANMASI

ANDIJON-2017

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Darsning qismlari Ajratilgan vaqt Darsning mazmuni Ta’lim me’todlari Ta’lim vositalari
1. Tashkiliy qism 5 1.    O’quvchilar bilan salomlashish;

2.  Navbatchi axborotini tinglab, davomatni aniqlash;

3.  Darsga tayyorgarlikni tekshirish.

Og’zaki Jurnal
2. O’tilgan mavzuni so’rab baholash 10 1.  O’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob;

2.    O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash.

Aqliy hujum Tarqatma materiallar
3. Yangi mavzu bayoni 10 Yangi mavzu bo’yicha tushuncha berish Ma’ruza Kitob va internet ma’lumotlari
4. Mustahkamlash 15 1.  Nazariy bilimlarni mashqlar orqali amalda qo’llash;

2.  Mavzu bo’yicha o’quvchilar o’rtasida bahs-munozara.

Guruhlarda ishlash Testlar banki, tezkor savol-javoblar
5. Yakuniy qism 5 O’tilganlarni o’rganib, mavzu bo’yicha gaplar tuzish Og’zaki Darslik

 

DARS ISHLANMA

Sana:

Sinf:

Fan: Ona tili

Mavzu: Qo’shma gap turlarining ma’nodoshligi

  1. Darsning maqsadi:
  • ta’limiy maqsad – o’quvchilarga qo’shma gap turlarining ma’nodoshligi bo’yicha umumiy ma’lumot berish;
  • tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarda yuksak ma’naviy fazilatlarni tarbiyalash;
  • rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilardagi ilm olishga bo’lgan intilishni, nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash malakalarini o’stirish.
  1. Darsning jihozi: darslik, dars ishlanma, rasmli plakat, tarqatmalar, testlar banki.
  2. Darsning usuli: suhbat va bayon qilish, guruhlarda ishlash.
  3. Darsning turi: yangi bilim berish.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: Sinfning va o’quvchilarning darsga tayyorligini aniqlash, navbatchi axboroti orqali davomatni aniqlash, adabiy daqiqa o’tkazish.
  2. O’tilgan mavzuni so’rab baholash: o’quvchilar uchun uyga berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish, “Bog’lovchisiz qo’shma gap” mavzusi yuzasidan tarqatmalar asosida jamoa bilan ishlash.
  3. Yangi mavzuning bayoni:

Darsning rejasi:

  1. o’tilgan mavzu bilan yangi mavzuni bog’lash;
  2. ma’nodoshlik tushunchasi sharhi;
  3. yangi mavzu yuzasidan nazariy bilimlar berish.

Qo’shma gaplar qismlarining bog’lanishiga ko’ra 3 turga bo’linadi. Ular:

  1. Bog’langan qo’shma gaplar.
  2. Ergash gapli qo’shma gaplar.
  3. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar.

Tilimizda “ma’nodoshlik” degan tushuncha bo’lib, bu shakli turlicha bo’lsa ham bir ma’no atrofida jamlanadigan birliklarga aytiladi. Buni so’zlarda, so’z birikmalarida ko’rganimizdek gaplarda uchratishimiz mumkin. Xususan, ayni mavzumizda duch kelishimiz mumkinki, zidlik, sabab, shart, payt munosabatlarini bog’lovchisiz, bog’langan va ergash gapli qo’shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin, shunga ko’ra ular bir-biriga ma’nodosh bo’la oladi. Masalan:

  1. Yurt tinch – sen tinch.
  2. Yurt tinch, shuning uchun sent inch.
  3. Yurt tinch-u, sen tinch.

Yuqorida misol keltirilgan gaplarning birinchisi bog’lovchisiz qo’shma gap, ikkinchisi ergash gapli qo’shma gap, uchinchisi esa bog’langan qo’shma gap hisoblanadi. Ular garchi qo’shma gapning turlicha guruhlariga mansub bo’lsa-da, o’zaro ma’nodosh hisoblanadi.

  1. Mustahkamlash: Darsning bu qismida o’quvchilar kichik guruhlarga ajratilib, mavzu yuzasidan berilgan topshiriq va mashqlar ustida ishlaydilar, rasmli plakatlar asosida gaplar tuzadilar, avvaldan tayyorlab qo’yilgan tezkor savollarga javoblar beradilar. Kichik testlar bilan o’quvchilarning dars davomida olgan bilimlari tekshiriladi. Berilgan javoblardan kelib chiqqan holda g’olib guruh aniqlanib rag’batlantiriladi.
  2. Uyga vazifa: O’tilganlarni o’rganib, mavzu bo’yicha gaplar tuzish.

 

 

O’TIBDO’                    ____________              D.Ergashev

 

Fan o’qituvchisi:          ____________              M.Yunusova

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>