MATEMATIKADAN OCHIQ DARS ISHLANMASI 6-SINFLAR UCHUN

16 Апр

 

 58120383

Oltinko`l tumani  

                      28-Davlat ixtisoslashtirilgan                        

maktab-internatining

Matematika fani o`qituvchisi

Xoliqova Qanoatxonning

2016-2017- o`quv yili uchun Matematika fanidan

          

 DARS ISHLANMASI

6-SINF

  

Darsning mavzusi: Manfiy sonlarni qo’shish

Darsning maqsadi:

 

Ta’limiy:  

O`quvchilarni manfiy sonlarni qo`shish tushunchasi bilan tanishtirish, koordinata to`g`ri chizig`ida amal bajarish ko`nikmalarini shakillantirish

 

Tarbiyaviy:

O`quvchilarni o`z maqsadlariga erishish ruhida tarbiyalash, bir-biriga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va beriladigan vazifani bajarishda masuliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.

 

Rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchilarni o`rgnilgan mavzudan asosiy tushunchalarni ajratish, mustqil fikrlay olish qobiliyatini kengaytirish, nutq madaniyatini o`stirish.

 

Dars tipi:  

Yangi bilim berish, aralash, o`yinlar 

Dars usuli:  

Musobaqa tashkil qilish, tezkor savol-javob, ma’ruza.

Darsning jixozi: Darslik, chizmalar, tarqatmalar, nootbuk,

Darsning rejasi: 1 Tashkiliy qism 2 minut

2 Ma’nayat daqiqalari 3 minut

3 O`tilgan mavzuni takrorlash 8 minut

4 So`zni toping o`yini 10 minut

5 Yangi mavzu bayoni 5 minut

6 Mustahkamlash 7 minut

7 Sehrli raqamlar 7 minut

8 Xulosa 3 minut

 

Darsning borishi:

Tashkiliy:

Salomlashish, davomat olish, sinf xonasining xolati, o`quv qurollarini tekshirish.

Ma’naviyat daqiqalari: Yil nomi, fevral oyidagi muhim sanalar aytiladi

O`tilgan mavzuni takrorlash uchun o`quvchilar tomonidan tarqatmalardagi misollar yechiladi savollarga javob beriladi

“Sozni toping” o`yini o`ynaladi Bunda o`quchilar `xarf yozilgan tarqatmadagi misolni unga mos javobga joylashtiradi va so`z xosil qilinadi Ikki buyuk alloma A Navoiy va Z M Bobur nomlari to`g`ri topilgach ularning ruboilaridan namunalar aytiladi

Yangi mavzu bayoni:

        Bilamizki ko`p sport musobaqalarida , g`oliblar rag`bat, yutqazganlar esa jarima bali olishi mumkin. Faraz qilaylik, bir o`yinda 6 ball oldingiz, ikkinchi o`yinda esa 4  ball oldingiz. Jami to`plangan balingizni qo`shish bilan aniqlaymiz va quyidagicha yozamiz; 6+4=10 yoki [+6]+[+4]=[+10]

         Birinchi o`yinda 5 ball, ikkinchi o`yinda 3ball jarima oldingiz, deylik. Umumiy balingizni qo`shish bilan aniqlaymiz.

Agar jarima ballari oldiga ‘ — ’ [minus] ishorasini qoysak, jami jarima [-5]+[-3]= -8 ball bo`ladi.

          Ikkita manfiy sonni qo`shish uchun ularning modullarini sqo`shish va hosil qilingan son oldiga ‘ – ‘ [minus] ishorasini qo`yish kerak.

           Har qanday n son uchun n+0=0+n=n

           Masalan ;

           1] -7+[-11]= -18

           2] -9+[-15]= -24

 Mustahkamlash ;

          O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun mavzuga doir misollor yechiladi.

        1] -20+[-10]= -30  ;  2] -30+[-50]= -80 ;  3] -40+[-60]= -100   ;  

        4] -21+[-21]= -42  ;  5] -39+[-11]= -50 ;  6] -60+[-5]= -65

        7] -200+[-300]= -500   ;   8] -650+[-150]= -800

        Doskaga yopishtirilgan ‘ sehrli raqamlar’ga izoh berilgandan so`ng ular olib qo`yiladi. Har ikkiala guruh barcha raqamlarni to`la izohlasa ular ortida yashirilgan ikkita muhim sana hosil boladi. So`ngra guruh o`quvchilari bu sanalar haqida ma`lumot beradilar;

  1. 11.1991-O`zbekiston Respubliasi davlat Bayrog`i qabul qilingan kun.
  2. 07.1992-O`zbekiston Respublikasi davlat Gerbi qabul qilingan kun.

Ekranda O`zbekiston Respublikasi Bayrog`I va Gerbi gavdalanadi.

Xulosa ;

O`quvchilar ishtirokiga ko`ra ular baholanadi.

Uyga vazifa ; 25-27-misollar

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>