Informatika fanidan 9-sinf uchun Algoritm haqida tushuncha mavzusida dars ishlanma

Sinf: 9

Fan: Informatika

Mavzu: Algoritm haqida  tushuncha

Dars maqsadi: O’quvchilardga algoritm, algoritm ijrochisi,  ijrochining  ko’rsatmalar sistemasi,  algoritmga  asoschi bo’lgan buyuk  alloma haqida  ma’lumot berish.

  • Ta’limiy: masalalarni kompyuter yordamida hal etishdagi asosiy tushunchalardan biri bo’lgan algoritm, algoritm ijrochisi,  ijrochining  ko’rsatmalar sistemasi haqida bilimga ega bo’ladi.
  • Tarbiyaviy: O’quvchilarga hayotdagi har qanday vaziyatlarda  ham ma’lum bir tartib asosida,  fikrlab ish yuritish hamda bilim olishda tartib va intizomga  rioya qilishga  o’rgatish hamda o’z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’ulari rivojlanadi.
  • Rivojlantiruvchi: Oquvchilarda ijodiy fikrlash, boshqalar fikrlarinin tahlil qila olish va ularga munosabatini teran, aniq bayon qilash  qobiliyati rivojlanadi.

Dars turi:  Yangi bilimlar berish.

Darsda   foydalaniladigan metod va usullar: Savol-javob, Muloqot, Sehirli sandiqcha, Savol mendan –javob  sendan.

Asosiy  tushunchalar: Algoritm, Algoritm ijrochisi, ijrochining  ko’rsatmalar  sistemasi haqida  tushunchalari  bilan tanishadi.

Darsda kerakli jihozlar: Darslik, texnik vositalar, Al-Xorazmiyning rasmi, tarqatma materiallar,         A4 formatli qog’oz.

Darsning texnologik  xaritasi:

N Darsning borishi Umumiy tushunchalar Vaqt Foydalaniladigan

metod va usullar

 

 

 

1

 

 

 

Tashkiliy qism

1.Salomlashish

2.Davomatni aniqlab darsga tayyorgarligini tekshirish va guruhlarga bo’lish.

3. Ma’naviyat daqiqasi:

Bunda o’quvchilarga quyidagi  “Bilimi  kuchli mingni engadi, bilagi kuchli  birni engadi” maqoli  bilan savol-javob orqali bilim olishga  va kasb tanlashga yo’naltirish.

 

 

 

 

4 daqiqa

 

 

Kuzatish, savol-javob

 

 

Suxbat

2 O’tilgan mavzuni takrorlash va  mustaxkamlash O’tilgan mavzuni mustaxkamlash uchun o’quvchilarga  tarqatma materiallar berib,  javoblarini taqdimot qilinadi va piramida hosil qiladi. “Klaster” metodi orqali o’tilgan mavzudagi asosiy tushunchalar so’raladi. 8 daqiqa “Piramida” yasash

“Klaster”

metodi

3 Yangi mavzu bayoni O’quvchilarga yangi mavzularni tushuntirishda bog’lanish  yoki  savol-javob orqali tushuntirish 12 daqiqa Prezentatsiya va rasmlar asosida
4 Yangi mavzuni mustaxkamlash 1.Tarqatma materiallar asosida har bir guruhga savollar beriladi. So’ng javobini guruh o’quvchilari taqdimot qiladi.

2. “Sehirli sandiqcha” ichidagi rasmlarni olib,  uchbu rasmlar bo’yicha algoritm tuziladi.

3. “Savol mendan-javob sendan” mashqini  bajaramiz. Bunda hamma  o’quvchilarga  tezkorlik bilan  savol beradi. Qaysi guruh  birinchi  javob  bersa baholanib boradi.

14 daqiqa Tarqatma materiallar, “Sehirli sandiqcha”, Amaliy, Savol mendan-javob sendan
5 O’quvchilarni baholash Darsda faol qatnashgan guruhlar baholanadi,   darsga yaxshi  qatnashgan o’quvchular, “Eng zukko”, “Eng chaqqon”, “Eng bilimdon” nominatsiyalarni aniqlanadi. 3 daqiqa Savol-javob

 

 

Suhbat

 

Bog’lanish

6 Uyga vazifa berish Kundalik hayotimizdan  misollar olib, ularning algoritmini  tuzish.  Darslikdagi  savollarga javob berish. 2 daqiqa Bog’lanish
7 Darsni yakunlash Yangi mavzu bo’yicha yakun yasab, natija bilan tanishish 2 qaqiqa Bog’lanish

 

Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan  salomlashib,  davomatini aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi:  Ekran orqali o’quvchilarga “Bilimi  kuchli mingni engadi, bilagi kuchli birni engadi” maqoli ko’rsatiladi va savol-javob orqali mulohaza qilinadi.

O’tilgan mavzuni  takrorlash va mustaxkamlash. O’quvchilar guruhlarga bo’linib, o’tilgan  mavzu  bo’yicha  tarqatma  materiallar asosida  “Piramida”  hosil qilinadi. Berilgan tarqatma materallar bo’yicha guruhda  muzokara o’tkazib, fikrlashadi va taqdimot  ko’rsatiladi.

O’tilgan mavzudagi asosiy tushunchalarni bilish maqsadida qog’ozga klaster metodi chiziladi.

O’quvchilar asosiy tushunchalarni  yozib beradi va guruhlar  baholanib boriladi.

Yangi mavzu bayoni: Algoritm haqida tushuncha

Aziz o’quvchilar kundalik hayotimizda oldimizga har xil vaziyfalar, maqsadlar qoyamiz. Bularga erishish ushun bajarishi lozim bo’lgan amal yoki ishlarni hayotiy tajribasini yoki o’zlashtirilgan bilimga asosalanib ma’lum bir tartibda bajaramiz. Siz o’quvchilarda bir kasb tanlash maqsadida ham ma’lum bir tartibda o’qib bilim olib bosqichma-bosqich ilgarlab boratirmiz. Sizlarga darsni tushuntirish ushun quydagi choy damlash misollini keltirib o’tamiz.

Choynak qopqog’i  ochilsin
Choynak  qaynoq suv bilan chayilsin
Choynakka bir qoshiq miqdorda quruq choy  solinsin.
Choynakka  to’lguncha  qaynagan  suv solinsin
Choynak qopqog’i yopilsin
Choynak sochiq bilan yopilib besh daqiqa  dam  berilsin

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.Misolda 2015+2012 amalini qanday  bajargan bo’lar edik. Bu misolni  o’quvchilardan so’rab matematika fani bilan  bog’lab birgalikda ishlaymiz.

1) Sonlar xonalari mos keladigan tartibda  tagma-tag yozib olinsin.

2) Sonlarning  birlik xonasidagi  raqamlarni qo’shib, natijani  birliklar tagiga yozilib, o’nlik raqamini dilda saqlaymiz.

3) Sonlarning  o’nlikdagi  raqamlarini  va  dildagi raqam qo’shilib natijaning birlik raqami o’nliklar tagiga yozilib, yuzlikka yuzlik, minglikka minglik  qo’shilib boradi.

2015

+2012

4027

Shunga oid oddiy misollarni  darsga  past qatnashib o’tirgan o’quvchilarga  berilsa darsga faol qatnashib yaxshi natija beradi.

Bu misollarda  keltirilgan  amallar ketma-ketligi boshqacha  aytganda  buyruqlar ketma- ketligi biror kishi tomonidan  bajarilgach, ko’zlangan maqsadga erishiladi.

Har soatda uchrab turadigan  turli qoidalar  ichida biror zarur  natijaga erishishga  olib keladigan  amallarni  ketma-ketlik  bajarishni talab  etadigan qoidalar informatikaning asosiy   tushunchalaridan biri  Algoritm  so’zi  bilan ifodalanadi.

Biror maqsadga  erishishga  yo’naltirilgan,

Ijrochi  bajarishi uchun mo’ljallangan

Buyruqlar  ketma-ketligi tushuniladi.

Algoritm  so’zi  IX asrda yashab o’tgan  (783-850)  o’z  ilmiy  ishlari  xazinasi bilan dunyoga  tanilgan buyuk matematik,  geograf, astronom allomamiz Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmioy  nomidan kelib  chiqqan. Al-Xorazmiy  arifmetikaga bag’ishlangan  risolasi XII asrda Ispaniyada  lotin tiliga  tarjima  qilinib,   bu tarjimaning  XIV asrda ko’chirilgan yagona qo’lyozma nushasi  Kemmbrij  universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Hammamizning faxrimiz  bo’lmish  bu olamshumul  kashfiyotni barchamiz  besh  qo’lday  bilishimiz kerak. Chunki uni bilmay turib, avvalo o’zligimizni bilmaymiz, qolaversa, axborot texnologiyalari asrida  murakkab matematik  boshqaruvsiz  hech  qanday ishni amalga oshirib bo’lmaydi. Insoniyatga  taraqqiyotning ana shu  kalitini Abu Abdullox Muhammad ibn Muso deb nomlangan  va dunyoga  Al-Xorazmiy  bo’lib tanilgan  ulug yurtdoshimiz topib bergan.

Algoritm

 

 

 

 

 

Demak yuqorida keltirilgan misollar buyriq yoki ko’rsatmalar ketma-ketligi algoritm va bu algoritmlarni bajariyotgan inson-Ijrochi bolar ekan.

Algoritm ijrochisi
Algoritmda  ko’rsatilgan buyruq yoki  ko’rsatmalarni bajara oladigan  abstrakt yoki real (texnik yoki  biologik)  sistema

 

 

 

Ijroshi bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatma yoki buyriqlar to’plami ijroshinining ko’rsatmalar sistemasi deyiladi. Shuni takidlash joizki informatikada algoritmning asosiy ijrochisi bo’lib kompyuter xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 “Sehirli sandiqcha” ichidagi rasmlarni olib,  uchbu rasmlar bo’yicha algoritm tuziladi.

 “Savol mendan –javob  sendan”  mashqini bajaramiz. Bunda hamma  o’quvchilarga  tezkorlik bilan savol beradi qaysi guruh birinchi javob  bersa baholanib boradi.

  1. Bizlar hozir nechanchi darsni o’tayapmiz? (to’rtinchi)
  2. Algoritm so’zi kimni nomidan kelib chiqqan? (Al-Xorazmiy)
  3. 100 tonnalik kema 10 gr o’yinchoqqa aylantirilsa qanday model bo’ladi? (Fizik)
  4. Buyruq yoki ko’rsatmalar ketma ketligi nima bo’ladi? (Algoritm)
  5. Algoritm ijrochisi faqat insonmi? Abstrakt yoki real (texnik yoki biologik)
  6. O’rtog’ingiz uyiga borish algoritmga kiradimi? (Ha)
  7. Bunda ijrochi kim? (Bu siz)

Yakunlov uchun savollar:  Tarqatma  materiallar asosida har bir  guruhga  savollar beriladi. So’ng javobini  guruh   o’quvchilari taqdimot qiladi.

  1. Bugungi darsda nimalarni bilib oldingiz?
  2. Algoritm nechanchi asrda qaysi buyuk allomamiz nomidan kelib chiqqan?
  3. Algoritm so’zining ma’nosi qanday ekan?
  4. Algoritm ijrochisi nima qiladi?
  5. Ijrochining ko’rsatmalar sistemasi deganimiz nima?
  6. Mashqlarni bajarish davomida bir-biringizni hurmat qilish sezildimi?

 

Oquvchilarni baholash:  Darsda faol qatnashgan guruhlar baholanadi,   darsga yaxshi  qatnashgan o’quvchular, “Eng zukko”, “Eng chaqqon”, “Eng bilimdon” nominatsiyalarni aniqlanadi.

 

Darsning borishi O’tilgan mavzuni  mustaxkamlash  

Yangi mavzu

Yangi mavzuni  mustaxkamlash  

 

Umumiy ball

Metod

va usullar

Savol-javob Klaster Savol-javob Sehirli sandiqcha Savol mendan- javob sendan
1  

Guruh

nomi

             
2              
3              
4              
1  

Guruh

nomi

             
2              
3              
4              

 

Uyga vazifa berish: Kundalik hayotimizdan  misollar olib, ularning algoritmini  tuzish.  Darslikdagi  savollarga javob berish.

Darsni yakunlash: Bu dars orqali  masalalarni  kompyuterdan  yechishning asosiy  bosqichlaridan biri bilan bog’liq bo’lgan  informatikaning  algotitm, algoritm  ijrochisi,  ijrochining ko’rsatmalar sistemasi kabi asosiy  tushunchalar bilan  tanishiladi.

Добавить комментарий