Informatika fanidan 7-sinflar uchun dars ishlanma

Sana:

Fan: Informatika

Sinf:7

Vaqt: 45 daqiqa

Yangi mavzu: Axborotlarni kodlash

Darsning maqsadi: Axborotni kodlash usulini o’rgatish.

Ta’limiy maqsad: Axborotni kodlash haqida tushincha haqida bilimga ega buladi.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni yangi bilimlar egallashga, mustaqil fikrlab ish yuritish hamda bilim olishda tartib va intizomga rioya qilishga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning erkin holda axborotlarni kodlab bilish qobiliyati

rivojlanadi.

Dars o’tish usili: Yangi bilimlarni o’zlashtirish.

Dars o’tish metodi:  Aralash.

Ko’rgazmali vositalar: darslik, internet tarmog’i,tarqatma materiallar,slaydlar,prezentatciya, kartochkalar, marker, A4 formatidagi qog’oz, electron darslik.

Baholash normativi: Rag’batlantirish uchun, komputer qurilmasi korsatilgan kartochkalar bilan baholayman. Dars oxirida kartochkalar orqali kompyuterni komplekt holiga keltirish kerak.

Darsning borishi:

  Dars bosqichlari Qo’llaniladigan usullar Ajratilgan

vaqt

1 Tashkiliy qism O’quvchilar bilan do’stlik munosabatini o’matish 3
2 O’tilgan mavzu va uy vazifalarining tahlili  “Klaster” metodidan foydalanib,  har bir o’quvchiga tarqatma materiallar beriladi. O’quvchilar o’tilgan mavzu buyicha bajariladigan vazifalarini yozish kerak. 7
3 Yangi mavzu bayoni: Mavzuga oid slaydlar orqali tushuntirish. 15
4 Mavzuni

mustahkamlash

Guruhlar bilan savol-javob va amaliy ish, ’’Adashgan hariflar ’’mashqni bajaramiz 14
5 O’quvchilarning bilimini baholash Darsga faol qatnashgan o’quvchilar va guruhni baholash. 3
6 Uyga vazifa berish Darslikdagi savollar va topsgiriqlarni bajarib mavzu bo’yicha test ishini tuzib kelish.

 

2
7 Dars yakuni. Dars  natijaligi Demak, axborotlarni kodlash tu’rlari bo yicha yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.O’quvchilar o’zlari kodlash usullarini yaratish mu’mkin.

 

1

 

Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan  bilan salomlashish, sinf tozaligiga e’tibor berish, davomadni aniqlash. O’tilgan mavzuni takrorlash: Axborotlar ustida amallar.

O’tilgan mavzuni takrorlash: “Klaster” metodidan foydalanib,  har bir o’quvchiga tarqatma materiallar beriladi. O’quvchilar o’tilgan mavzu buyicha bajariladigan vazifalarini yozish kerak.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yangi mavzu: Axborotlarni kodlash.

Axborotlarni kodlash tushunchasi bilan tanishamiz. Atoqli yozuvchi Artur Konan Doylning Sherlok Xolms va doktor Vatsonning kechinmalari haqida yozgan asarida Sherlok Xolms hujjatli axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanganligi korsatiladi. Ular hoxlagan

kodlangan axborotni qayta kodlash uchun,  ko’p uchraydigan belgilarni ajratib olib ularni o’zi

tomomdan yaratilgan ko’p uchraydigan harfli jadvali bilan solishtiradi. Bunda maxsus jadval tuzib oladi. Shu sababli kodlangan matn qanchalik uzun bolsa, uning kodini yechish osonlashadi. Biroq turmishda axborotlarni turli yo’llar bilan yashirish masalasi asosiy masala korinishida qaraladi. Bunga turmushimizdan ko’plab misollar keltiramiz.

Axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo’lishi uchun aniq bir qoydalar asosida boshqa ko’rinishga o’tkaztsh jarayoni axborotni kodlash deyiladi. Axborotni kodlash bizga faqat amallarni bajarish qulay bo’lishi uchun emas, balki axborotni maxfty saqlash uchun ham qo’llaymiz. Kodlashning bu ko’rinishi shifrlash deyiladi. Axborotni kodlash hamda qayta kodlash bilan shug’ullanuvchi mutahassislarni kriptograflar deyiladi.

 

 

 

Kundalikli oraliq nazoratlarda, bilimlar bellashuvida, imtihonlarda o’zimiz ko’rganday ishlagan ishlarimizni shifrlash orqali tekshiriladi. Hayotda axborotni kodlashning bir nechta usullari mavjud.

Birinshi kodlashni qollagan inson qadimgi Gretsiya sarkardasi Lisandro  hisoblanadi. U axborotni maqfiy saqlash ,ya’ ni kodlash uchun ma’ lum bir qalinlikdagi ’’Ssital” tayoqshasini o’ylap topgan.U o’rin almashtirish usuli orqali sir saqlagan.

Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotnig maxfiyligini saqlasah uchun matnni kodlash usulini o’ylab topgan . “Sezar shifri” da matndagi harf alifboda o’zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yo’zilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuli alifboni surish usuli deyladi. Misol uchun quyidagi alifbo orqali ’’Maktab” so’zini kodlaymiz.

 

“ALIFBONI SURISH USULI

 

A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

 

 

Berilgani

 

 

Sezar shifri

 

Maktab

 

Phnwhs

 

 

Informatika

 

Lqirpdwlnd

 

 

Axborotlarni kodlash usullaridan biri Morze kodlash usuli ham mavjud. Semyuel Morze 1791 yil AQSh da tug’ilgan. U Amerika suratkashi va telegraf ixtirochisi.Tarixiy kompozitciya va portretlar muallifi. Semyuel Morze 1837-yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan.

1838-yilda ushbu qurilma ushun telegraf kodini ishlab chiqqan.Amalda Qollanishga yaroqli qurilmani 1844 yili yaratdi. Semyuel Morze qurilmasini birinchi bor Vashington- Baltimor telegraf tarmogida ishlatdi.

Unda turli harf va raqamlar nuqta va terelarning mahsus ketma-ketligi ko’rinishida ifodalangan, ya’ni, axborot uchta belgi yordamida qodlanadi: ”uzun signal” (tire yordamida lfodaladi, ’’qisqa signal” (nuqta yordamida ifodaladi), ”signalsiz”(bo’shliq, pauza bilan ifodaladi). Maskur kodlash usuli hozirgi kunda ham qollanib kelinmoqda. Umuman, kodlash usulida ishtirok etgan belgilar soni(hajmi) bir xil bo’lsa tekis kodlash usuli, belgilar soni(hajmi)bir xil bolmasa notekis kodlash usuli deb ataladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur usul yordamida ’’kerak” so’zini yozsak, u quyidagi ko’rinishga ega boladi.

_._.._…_.._._

Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli -bizga ma’lum bo’lgan alifbodagi harflarni ularning tartibini ko’rsatuvchi sonlar bilan almashtirish usulidan iborat:

01 Aa   15 Pp
02 Bb   16 Qq
03 Dd   17 Rr
04 Ее   18 Ss
05 Ff   19 Tt
06 Gg   20 Uu
07 Hh   21 Vv
08 Ii   22 Xx
09 Jj   23 Yy
10 Kk   24 Zz
11 LI   25 Chch
12 Mm   26 OV
13 Nn   27 SHsh
14 Oo   28 G’g’

 

Bu usuldan foydalansak, masalan ’’Bugun havo sovuq” degan axborot quyidagi ko’rinishni oladi:

02 20 06 20 13 07 01 21 14 18 14 21 20 16

Alifbodagi hariflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli mavjud.

Bu  “Aralashtirilgan alifbo” usuli

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlami bilmasdan qayta kodlash juda murakkab.

Mavzuni mustahkamlash.

l.Mashqlar bajaramiz. Alifbodagi harflarni ularning tartib raqami bilan almashtirish usulidan foydalanib quyidagi jumlalarni kodlang.

  1. Nimani eksang shuni o’rasan.

142901131429  051119011407  34211429  281801190114

  1. Buyuk maqsad yo’lida og’ishmaylik.

2.Aralashtirilgan alifbodan foydalanib quyidagi jumlalarni kodlang.

  1. Kitob bizning do’stimiz.

2411101703  03112027112714  0417281011071120

  1. Ilm sirlariga hazina kitob.
  2. O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha savollar berish.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.’’Adashgan hariflar ’’mashqni bajaramiz .Bu mashqda o’tilgan mavzudagi yangi so’zlarni topish kerak.

 

Javoblarini tekshiramiz

Yakunlov uchun savollar:

1.Bu’gingi darsda nimalarni bilib oldingiz?

  1. Kodlash nima uchun kerak?

3.Qadimda        kodlashni nima maqsadda qollangan?

4.Kodlashni turmishda qayerlarda qollanamiz?

  1. Mashqlarni bajarish davomida bir-biringizni  hurmat qilish  sezildimi?

 

     O’quvchilarni baholash.

Darsga faol qatnashgan  o’quvchilarni  rag’batlantirish  kartochkalari bilan baholayman

     Uyga vazifa .O’tilgan mavzuni oqish, 3-5 mashqlarni bajarish

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *